Loyiha muallifi mehriniso xudaybergenova qalb gavhari o‘zbekiston ijodkor yoshlar to‘plami


Download 4.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/84
Sana21.10.2023
Hajmi4.63 Mb.
#1714678
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84
Bog'liq
Tuproqqal\'a-2

SHAHLO MATNIYAZOVA 
1990-yil 26-iyulda Xorazm viloyati Bogʻot tumanida ziyoli 
oilada tugʻilgan.Urganch Davlat universiteti chet tillari 
fakultetining nemis tili yoʻnalishini tamomlagan. Badiiy 
ijodga qiziqishi sababli oʻzbek va nemis tilda she'rlar 
yozadi.Shahloning ,,Ijod boʻstonidan guldasta'', ,,Bahor 
mushoirasi'' nomli bir necha she'riy toʻplamlarda she'rlari 
chiqqan.Ijodkorimiz ,,Doʻrmon''ijodkorlar klubi a'zosi 
sifatida ijod qilib kelmoqda.
Hozirda Bogʻot tumanidagi 17-
son maktabida oliy toifali nemis tili fani oʻqituvchisi boʻlib 
ishlab kelmoqda. 
OTA-ONAMGA 
Dunyoda hammadan aziz insonim, 
Otam dengizimdir, onam ummonim, 
Men uchun najotkor duo,Qur'onim, 
Ota,qarshingizda bosh egay doim 
Ona,ayirmasin sizdan xudoyim. 
Bagʻringiz kengligi olamga yetar, 
Farzandin qoʻlidan oʻlguncha tutar, 
Sizdayin dunyoga yuz yilda kelar, 
Ota,baxtimizga sogʻ boʻling doim
Ona, ayirmasin sizdan xudoyim
Jannatlar koʻrinar koʻzlaringizdan, 
Farishtalar silar yuzlaringizdan, 
Tavoflar qilaman izlaringizdan, 
Ona,qarshingizda bosh egay doim
Ota, ayirmasin sizdan xudoyim. 
Ona boʻlsam hamki, hali bolaman, 
Mehr-u muhabbatni sizdan olaman, 
Men qachon sizdayin kuchli boʻlaman, 
Ona,sogʻ-salomat boʻling ilohim, 
Ota, ayirmasin sizdan xudoyim. 


38 
Oldingizda bordir,koʻp hali qarzim, 
Barini qaytarish farzandlik farzim, 
Siz sabab hayotdan yoʻq sira arzim, 
Ota, qarshingizda bosh egay doim
Ona, ayirmasin sizdan xudoyim. 
Nurlar yogʻib turgan nurli Qiblamsiz, 
Muqaddas Madina, misli Ka'bamsiz, 
Har tong boshim qoʻygan aziz sajdamsiz, 
Ota, qarshingizda bosh egay doim, 
Ona,ayirmasin bizni xudoyim. 
QALBINGIZDA YASHNASIN BAHOR 
Olam sirlarini aylayin oshkor, 
Labda kulgi boʻlsin,arisin gʻubor, 
Tashqarida doim yogʻsa hamki qor, 
Doim qalbingizda yashnasin bahor. 
Hayot ham gʻanimat,omonat asli, 
Muhabbat yurakdan chiqqan bir sasmi, 
Goʻzallik faslidir,nafosat fasli, 
Doim qalbingizda yashnasin bahor. 
Tabassum ham oʻzi misli bir savob, 
U bilan aylaysiz qalblarni tavof, 
Orzular boʻlsa-da ba'zida sarob, 
Lekin qalbingizda yashnasin bahor. 
Oʻn beshi qorongʻu oyning yarmi ham, 
Yonma- yon keladi shodlik ila gʻam, 
Nohaqlik koʻzingiz qilsa hamki nam, 
Doim qalbingizda yashnasin bahor. 
Shukur deng, hayotdan nolimang zinhor, 
Sevinch yoshlarimiz oqsin shashqator, 
Tashvishlar kelsa ham takror-u takror, 
Lekin qalbingizda yashnasin bahor. 


39 
Yoshlik ham qocholmas yillardan nari, 
Yashaylik dunyoda daraxt singari, 
Taqdir nasib aylab boʻlsak-da qari, 
Lekin qalbimizda yashnasin bahor. 

Download 4.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling