Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet92/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Tezkor-qidiruv faoliyatining bosh vazifalarini bajarishda qo‘lla- niladigan axloqiy-ma’naviy normalar. Tezkor-qidiruv faoliyatining bosh vazifasi jinoyatchilikka qarshi kurash va huquq-tartibotni mus- tahkamlashdan iboratdir. Buni strategik va taktik turlarga ajratish mumkin.

Bosh strategik vazifalarga quyidagilar kiradi:


  1. Jinoyat sodir etilishining oldini olish.. Bu o‘z ichiga:

  1. umumiy axloqiy profilaktika o‘tkazish, ya’ni aholi o‘rtasida jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablar, ularning oldini olish masalalari haqida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borish asosida jinoyatning axloqiy yomonlik ekanligini, jinoyat uchun jazo muqarrarligini barchaga tushuntirish;

  2. individual axloqiy profilaktika, ya’ni jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bilan yakka tartibda axloqiy tarbiya ishlari olib borish;

d) jinoyatni rejalashtirish va amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida ochib tashlash, ya’ni jinoyat sodir etilishi mumkinligi haqida ma’lumot-axborot olinishi bilan barchaga mazkur yovuz niyat haqida xabar berish orqali uni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik ishlarini bajarish kabilarni oladi.

  1. Jinoyatlarni ochish.Tezkor-qidiruv xodimlari tomonidan jinoyatlarni ochish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat bo‘ladi. Har bir bosqichda o‘ziga xos axloq normalaridan foydalaniladi. Masalan, jinoyatlarni ochishning birinchi bosqichi bo‘lmish bir necha sabablarga ko‘ra kelib chiqqan jinoyatlarni aniqlashda sezgirlik, hushyorlik, sinchkovlik kabi axloq normalari talablaridan ustalik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. Ikkinchi – jinoyat sodir etgan shaxsni qidirish – bosqichida esa axloq normalarining barcha maxsus turlaridan foydalaniladi.

  2. Bedarak yo‘qolgan, adolatli sud hukmidan qochib yurgan shaxslarni qidirib topish. Ko‘p hollarda sud jinoyat sodir etgan shaxsni aybdor deb topadi, ammo uning kimligi ma’lum bo‘lsa-da, qayerda ekanligi noma’lum bo‘lib qoladi. Shunday bir sharoitda ularni qidirib topishga to‘g‘ri kelib qoladi. Bunda sinchkovlik, matonat, g‘ayrat, sobitqadamlik, botirlik, ba’zida esa ayyorlik kabi axloq normalari talablaridan kelib chiqqan holda ish ko‘rish lozim bo‘ladi.

  3. Davlatning harbiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa hayotiy ehtiyoj va manfaatlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan narsalarning xavfsizligini ta’minlash. Bu vazifani bajarish chog‘ida sotilmaslik, sir saqlash, hushyorlik, halollik, burchga sadoqat, matonat, vatanparvarlik kabi umumiy axloq normalari birinchi o‘ringa chiqadi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling