Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet99/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Tergovchi uchun zarur bo‘lgan axloqiy xislatlar. Tergovchi faoliyatining axloqiy asoslarini halollik, xolislik, prinsipiallik, hushyorlik kabi axloqiy xislatlar tashkil etishi shubhasiz.
Tergovchi uchun zarur bo‘lgan axloqiy xislatlardan eng birinchisi halollik bo‘lib, u vijdon bilan, insof yuzasidan ish tutishni, to‘g‘rilik va odillikni bildiradi.
To‘g‘rilik hech narsani yashirmasdan bor haqiqatni aytishdan iborat rostgo‘ylikni va har qanday masalani adolat bilan xal etishdan iborat odillikni qamrab oladi. To‘g‘rilik adolatning tantana qilishiga xizmat
qiladi. Odillikning zaruriy shartlaridan birini tergovchining o‘zi qilayotgan ishning adolatli ekanligiga ishonchi tashkil etadi. Ammo ushbu ishonchning o‘zi tom ma’nodagi to‘g‘rilik qaror topishi uchun yetarli emas. U faqat jamiyatning axloqiy talablariga mos kelgandigina chin ma’nodagi to‘g‘rilikka aylanadi.
Halollikni ta’minlovchi omillardan biri qonunlarga og‘ishmay rioya etishdir. Tergovchi har qanday sharoitda ham qonunga og‘ishmay amal qilgandagina chinakamiga halol bo‘ladi.
Tergov harakatlarini olib borayotganda tergovchining yolg‘on gapirishi, adolat bilan ish tutmasligi tergov qilinayotganlarda tergovchiga nisbatan ishonchsizlik keltirib chiqaradi. Natijada tergovchi obro‘sini yo‘qotadi. Tergovchining barcha nopokliklari oxir-oqibatda uning kasbiy jihatdan buzilishiga olib keladi. Unga hech kim – boshlig‘i ham, prokuratura xodimlari ham ishonmay qo‘yadilar va uni tergov ishlarini olib borishdan chetlashtiradilar.
Tergovchi uchun zarur bo‘lgan axloqiy xislatlardan yana biri – xolislik. Xolislik tergov ishlariga taalluqli narsa va hodisalarga, shuningdek odamlarga nisbatan xolisona ish yuritib, ishga qonun va adolat nuqtai nazaridan yondashishni bildiradi. Xolislik olib borilayotgan jinoyat ishi, ayblanuvchi, guvoh yoki xolislarga, ular tergovchiga yoqish- yoqmasligidan qat’i nazar, xolisona yondashish, ularni qanday bo‘lsa shundayligicha o‘rganish demakdir. Tergov jarayonidan kutiladigan asosiy maqsad – haqiqatni qaror toptirish. Shunday ekan, tergovchining asosiy vazifasi barcha dalillarni sinchiklab o‘rganish, tekshirib ko‘rish asosida jinoyatning sabablarini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Ushbu vazifaga mas’uliyat bilan yondashish tergovchiga bo‘lgan ishonchni oshiradi.
Xolislikning qarama-qarshisi g‘arazgo‘ylikdir. G‘arazgo‘ylik deb yomon maqsadni ko‘zlab, adovat bilan ish qilishga aytiladi. Tergovchi hech vaqt g‘arazgo‘y bo‘lmasligi kerak, ya’ni jinoyat ishini tergov qilayotgan vaqtida o‘zining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab, yoki pora olish, tanish-bilishlarining iltimoslarini bajarish kabi maqsadlarni ko‘zlab ayblanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh yoki xolislarga nisbatan kek, adovat bilan ish yuritmasligi, tergov ishlarini soxtalashtirmasligi shart. U hamma vaqt dalillar asosida va xolisona ish ko‘rishi lozim.
Jinoyat ishlarini oxiriga yetkazishda tergovchining xarakteridagi qat’iyat (prinsipiallik) katta ahamiyatga ega. Qat’iyat boshlagan ishini oxiriga yetkazish uchun astoydil harakat qilish, o‘z ishiga tashqaridan aralashuvlar, tazyiqlar bo‘lishiga qaramay, maqsad sari ilgarilab borishdir.
Odatda, ko‘pchilik jinoiy guruhlar tergovchini qo‘rqitish, sotib olish yoki boshqacha usulda do‘q-po‘pisa, ig‘vo qilishga urinib ko‘radilar, ba’zida esa mansabdor shaxslar orqali tazyiq o‘tkazishga ham urinadilar. Bunday sharoitlarda tergovchining o‘z ishiga, adolatning tantana qilishiga ishonchi uni qat’iylik bilan ish ko‘rishga undaydi. Tergovchining ushbu qat’iyati uning o‘z kasbiy burchini namunali bajarishini ta’minlaydi. Aqlli va tadbirkor tergovchi hech vaqt o‘zi olib borayotgan ishga o‘zga shaxslar aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Tergovchi uchun zarur bo‘lgan yana bir xislat – hushyorlik. Hushyorlikbu biror voqea yoki hodisani darrov anglab olish asosida sergaklik va ziyraklik bilan ish tutishdir. Tergovchi qanchalik ziyrak bo‘lsa, jinoyat ishlari shunchalik tez va soz ochiladi. Tergovchidagi ziyraklik jabrlanuvchining ko‘ngliga yo‘l topishda, ayblanuvchining asosiy maqsadlarini, jinoyat motivlarini darrov fahmlab olishida, idrok etishida namoyon bo‘ladi.
Tergovchi shijoatli bo‘lishi, qiyinchiliklar, tajovuzlardan qo‘rqmasligi kerak. Tergovchining shijoatkorligi uning har qanday og‘ir sharoit va qiyin vaziyatlarda ham qat’iylik bilan, g‘ayrat, mardlik, jasorat va botirlik ko‘rsatib, fidokorona ish tutishida ko‘rinadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling