Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Download 0.5 Mb.
bet97/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

3-§. TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATIDA ISHTIROK ETUVCHI SUBYEKTLAR AXLOQINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Tezkor-qidiruv faoliyati subyektlarining shaxslararo munosabatlari, ichki ishlar idoralarining boshqa xodimlarida bo‘lgani kabi, tegishli nizom qoidalari, umuminsoniy axloq va kasbiy odob normalari bilan tartibga solinadi. Shunga qaramay, ichki ishlar idoralari tizimi turli bo‘linmalarining tezkor bo‘lmagan tarkibi o‘rtasida maqbul deb topilgan va ularning kasb odobi nuqtai nazaridan axloqiy deb hisoblangan shaxslararo munosabatlar tezkor-qidiruv tarkibining kasbiy odobi nuqtai
nazaridan nomaqbuldir. Hozirga qadar tezkor-qidiruv xodimlarining
«yozilgan qoidalari», o‘ziga xos Vijdon kodeksi mavjud emas, biroq tezkor-qidiruv xodimlari bir necha avlodining ko‘p yillik amaliyoti natijasida tezkor-qidiruv ishlarining «axloqiy vositalari», ya’ni «Axloq normalarining yozilmagan kodeksi» deb atash mumkin bo‘lgan muayyan o‘ziga xos axloq normalari shakllangan.
Xususan, xavfli jinoyatchilarga qarshi kurashda g‘ayrihuquqiy va g‘ayriaxloqiy kuch, usul va vositalardan tashqari, har qanday nooshkora kuch, usul va vositalarni qo‘llashga ruxsat etilgan, tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazish jarayonida qonuniy hisoblangan psixologik o‘yinlar, yakkama- yakka olishuv, qopqon, chalg‘itish, psixologik ta’sir ko‘rsatish kabilarning barchasidan foydalanishga ijozat berilgan. Biroq, kim bo‘lishidan qat’i nazar, jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etishda asosli ravishda gumon qilinayotgan shaxs sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan tezkor-qidiruv usullarini qo‘llash mumkin emas. Shuningdek, dalillarni soxtalashtirish, «raqibini» ochiqchasiga aldash, kuch ishlatish, ayblov yo‘lini tutishga ham ijozat berilmagan.
Bunda «axloqiy-ruhiy ta’sir» va uning tarkibiy qismi bo‘lgan
«axloqiy-ruhiy majburlov» sifatidagi keng qamrovli tushunchalarni farqlash juda muhim. Axloqiy-ruhiy ta’sirning qonuniy va g‘ayriqonuniy usullari o‘rtasidagi nozik chegara axloq doirasida yotadi. Axloqiy-ruhiy ta’sir ko‘rsatish subyektni muayyan xatti-harakatga undash maqsadida uning ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatishdir. Axloqiy-ruhiy majburlov esa kishini o‘z xohish-irodasiga qarshi biror nimani bajarishga majburlash maqsadida uning aqliy, hissiy va irodaviy sohasiga maqsadli ta’sir ko‘rsatishda ifodalanadi. Axloqiy-ruhiy majburlov vositalarining turlari ko‘p: tahdid, aldov, ishonchiga kirish, tovlash va h.k.
Ichki ishlar idoralari tizimida tezkor-qidiruv faoliyatini olib borishda hamkorlik qilish (yoki o‘zaro yordam berish) zarurati yuzaga kelmaguniga qadar hamkasblar amalga oshirilayotgan tezkor-qidiruv tadbirlaridagi razvedka ishlarining muayyan yo‘nalishlariga, obyektlar va shaxslarga qiziqishi mumkin emas. Jinoyatni ochishda tezkor-qidiruv apparatiga nooshkora yordam berayotgan o‘rtoqlari bilan do‘stlar davrasini tashkil qilishga, hamkasblarining tezkor-qidiruv ishlari to‘g‘risida o‘z fikrini bildirishga, hatto u qarshilik qilmagan taqdirda ham uning tezkor-qidiruv yig‘majildi va materiallari bilan tanishishga (agar bu haqda o‘rtog‘ingiz sizdan iltimos qilmagan bo‘lsa), tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda o‘z ishtirokini tiqishtirishga urinish nojoizdir.
Aksariyat axloqiy muammolar tezkor-qidiruv faoliyatini olib borish va tezkor-qidiruv ishlari subyekti va obyektlarining muloqot jarayoniga kirishishida ham yuzaga keladi. Muloqot barcha olib boriladigan tezkor- qidiruv faoliyat ishlarining «ichidan oqib o‘tadi». Aynan unda, buning ustiga barcha bosqichlarda, tezkor-qidiruv ishlarining xususiyatlari ancha yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu tezkor ma’lumotlarni to‘plash, jinoiy guruhlar o‘rtasidagi aloqalarning uzilib qolishi va boshqalarga ham daxldor hisoblanadi.
Maxsus axloq mezonlari va axloq normalari tezkor-qidiruv faoliyati subyektlari o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarni asoslaydi va tartibga soladi. Ular ichida tezkor-qidiruv ishlarining subyektlari bilan muayyan jinoyat sababli tekshirilayotgan shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar yoki tezkor-qidiruv ishlari subyektlari va tezkor-qidiruv faoliyatini o‘tkazishda yordam berayotgan shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar eng muhimlari hisoblanadi.
Tezkor-qidiruv xodimining tezkor-qidiruv faoliyatini o‘tkazishga yordam berayotgan shaxs bilan muloqoti tezkor-qidiruv faoliyatida alohida o‘rin tutadi. U ko‘plab shart-sharoitlar, jumladan axloqiy holatlar tufayli murakkablashib boradi.
Masalan, tezkor-qidiruv xodimlariga konfidensial (yashirin) yordam berayotgan aksariyat shaxslar uchun jinoyat olami – ular o‘zini qurbon qiladigan referent guruh, ular qabul qiladigan va amal qiladigan axloqiy qadriyatlar va normalar (aniqrog‘i, aksilqadriyatlar va aksilnormalar) hisoblanadi. Tezkor xodim esa bunday shaxs uchun – kriminogen muhitda o‘zlashtirgan salbiy munosabatlarni o‘zida mustahkam o‘rnatgan boshqa, uning uchun begona bo‘lgan ijtimoiy guruh vakili qatoriga kiradi. Tezkor xodim unga referent guruh haqidagi u yoki bu ma’lumotni yetkazib, ichki ishlar idoralariga yordam berish orqali o‘z guruhiga qarshi, uning zarariga harakat qilayotgan shaxsning «jarchisi» ham bo‘lmasligi, u bergan ma’lumotning quliga ham aylanib qolmasligi kerak. Bu shaxsning nuqtai nazaricha, u o‘zinikini «sotyapti», begonalarga «yordam beryapti» degan tushunchadan boshqa narsani anglatmasligini, uning ana shunday murakkab ruhiy vaziyatlar kurashi jarayonida qaror vajlarni qabul qilayotganligini va axloqiy tanlovning murakkab jarayonlarini boshdan kechirayotganligini unutmaslik lozim.
Shu joyda murakkab axloqiy ziddiyat yuzaga keladi. Insonni nafaqat o‘z tomoniga og‘dirib olish, balki uning ong yo‘nalishini (hech bo‘lmasa qisman) o‘zgartirish, uning vajlari doirasiga o‘zgartish kiritish, jinoiy
muhit bilan ruhiy aloqasini kamaytirish zarur bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ayonki, bu yerda nafaqat inson axloqi va ruhiyatiga oid maxsus bilimlarga asoslangan o‘zaro munosabat o‘rnatishning taktik usullarini qo‘llash, balki ijobiy axloqiy-mantiqiy ta’sir ko‘rsatish ham lozim bo‘ladi.
Tezkor-qidiruv apparatlariga sezilarli yordam bergan fuqarolarning o‘zlari ham ichki ishlar idoralariga nisbatan salbiy munosabatning axloqiy- ruhiy moneligini har doim ham bartaraf eta olmaydilar. Shuning uchun e’tiborlilik, xayrixohlik, kuyunchaklik va jonkuyarlik tezkor xodimning bunday shaxslar bilan muloqot qilishining, uning kasbiy-axloqiy yetukligining ajralmas qismi bo‘lishi kerak.
Ichki ishlar idoralariga yordam beradigan fuqaroning axloqiy-shaxsiy sifatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ular adolatsizlikka, tezkor xodimlarning e’tiborsizligiga o‘ta ta’sirchandirlar. Ularga o‘z faoliyatining ahamiyatini bo‘rttirish, o‘zining xavfliligidan qo‘rquv xos. Buni yaxshi bilgan tezkor xodimlar ularda o‘z kuchiga ishonchni orttirib, ular bajarayotgan ishlarning ahamiyatiga urg‘u berib, fuqarolarning axloqiy qarashlarini rivojlantirish va mustahkamlash ishiga ko‘p vaqt va kuch sarf etadilar, Bunday shaxslarga rejali va maqsadga yo‘naltirilgan psixologik va pedagogik yordam ko‘rsatish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash lozim bo‘ladi. Tezkor xodimlarning yordamchilariga nisbatan bunday munosabat insonparvarlik asoslari – axloqiy-ruhiy bosimni muntazam ravishda
«bartaraf etish» zarurati bilan bog‘liq.
Tezkor-qidiruv faoliyati subyektlari bilan uni o‘tkazishga yordam beruvchi shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar odatda konfidensial (yashirin) asoslarda vujudga keladi. Bunday hollarda axloq normalariga rioya qilishning asosiy kafolati bo‘lmish ijtimoiy fikr mavjud bo‘lmaydi. Shuning uchun tezkor xodim kasbiy-axloqiy sifatlarining uzviy qismi bo‘lishi lozim bo‘lgan burch, sha’n, vijdon, intizom va boshqa axloqiy kategoriyalar oldingi o‘ringa chiqadi. Bular orasida adolatlilik, sotilmaslik, o‘ziga berilgan hokimiyat vakolatidan oqilona foydalanish eng asosiylari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish prinsiplari, asoslari, shakl va uslublari, uni olib boradigan organlar tizimini belgilab beradigan «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risidagi» qonunning maqsadi haqida: «...tezkor-qidiruv xususiyatidagi tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonuniylikka rioya qilishning real huquqiy kafolatlarini yaratishga yo‘naltirilgan. ...bu qonun jinoyatlar sodir etilishining dastlabki
bosqichlaridayoq ularning oldini olish va o‘z vaqtida to‘xtatish bo‘yicha choralarning samaradorligini, shuningdek, surishtiruv va dastlabki tergovning sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, avvalambor, ichki ishlar idoralarining bu sohadagi faoliyatining yanada liberallashuvini ta’minlashga olib keladi»1,– degan edi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling