Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Tintuv va yuzlashtirishda qo‘llaniladigan axloq normalari


Download 0.5 Mb.
bet105/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Tintuv va yuzlashtirishda qo‘llaniladigan axloq normalari. Tergov faoliyatidagi yana bir muhim element tintuv o‘tkazish hisoblanadi. Tintuv
– shaxsni, uning oila a’zolarini, shaxsiy yoki tashkilot ixtiyorida bo‘lgan xona va turar joylarni, ochiq joylarni majburiy tekshirishdan iborat tergov harakati.
Tintuv o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad jinoyatdan qolgan qurollar, buyumlar, jinoyat yo‘li bilan topilgan qimmatbaho narsalar, ish bo‘yicha ahamiyatli boshqa narsa va hujjatlar yoki ularning qismlarini, garov sifatida tutqunlikka olingan va olib qochilgan shaxslarni topishdan iborat.
Tintuv prokurorning sanksiyasi bilan o‘tkaziladi. Shaxsni tintuv qilish vakolati militsiya xodimlariga ham berilgan (JPK, 162-m.)
Tintuv o‘tkazish chog‘ida tergovchi quyidagi axloqiy normalarga amal qilishi zarur:

  1. Qidirilayotgan narsani ayblanuvchi ixtiyoriy ravishda topshirsa, tintuv to‘xtatilishi lozim. Tintuv hech qachon aybdordan o‘ch olish yoki unga ruhiy tazyiq o‘tkazish vositasi bo‘lmasligi kerak.

  2. Qo‘ni-qo‘shnilar, boshqa odamlarning oromini buzib, asabiga tegmaslik uchun tintuv kunduz kuni o‘tkazilishi kerak. Ammo qidirilayotgan obyekt yo‘q qilinishi xavfi bo‘lsa, tintuv tezlikda o‘tkazilishi shart.

  3. Tintuv vaqtida joydagi narsalar bilan nihoyatda ehtiyotkorona muomalada bo‘lish kerak. Tintuv vaqtida narsalarni sochish, yirtish, har xil tartibsizliklar keltirib chiqarish taqiqlanadi. Tintuv qilinganidan so‘ng hamma narsa avvalgi joyiga qo‘yilishi kerak. Agar biron narsa, masalan, eshik, seyf, sandiq kabilar yopiq holatda bo‘lsa, uning kalitini berishni yoki sohibning o‘zidan uni ochishini iltimos qilish, bermasa – ularning buzilishi to‘g‘risida ogohlantirish kerak.

  4. Tintuv o‘tkazilayotgan joyda bolalar yoki keksa yoshdagi odamlar bo‘lsa, ularning tintuvda qatnashishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Chunki tintuv o‘tkazilayotgan joyda bo‘lish ularning ruhiyatiga, keksalarning esa sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin.

  5. Tintuv o‘tkazish vaqtida tintilayotgan xonadon egasining shaxsiy hayotiga doir masalalar ko‘rilmasligi kerak. Masalan, shaxsiy xatlarni o‘qish, ichki kiyimlarni namoyish qilish mumkin emas.

  6. Tintuv vaqtida aybsiz deb topilgan shaxsning qadr-qimmati tiklanishi kerak. Bunday sharoitda tergovchi aybsiz shaxsning ish joyiga xat yozishi yoki qo‘ni-qo‘shnilariga uning aybsizligini aytib, undan kechirim so‘rashi kerak.

Tergov harakatlari olib borilayotgan bir vaqtda badaniga shikast yetgan odamlarda jarohat izlarini yoki nomusiga tegilgan ayolning tegishli a’zolarini tekshirish zarurati tug‘iladi. Xo‘sh, bunday hollarda qanday ish tutish kerak?
Ko‘p hollarda jabrlanuvchilar o‘zlarining tan jarohatlarini o‘zgalarga ko‘rsatishdan uyaladilar, shu sababli bundan bosh tortadilar. Bunday vaziyatda, albatta, prokurorning ijozatini olish kerak. Shu ijozatnoma asosida uning jarohatlarini tekshirib ko‘rish mumkin. Tekshirishda faqat bir jinsdagilar qatnashgani ma’qul. Tergovchi jabrlanuvchining tanasidagi jarohat izlarini faqat uning ijozati bilangina suratga olishi mumkin.
Tergov harakatlari elementlaridan yana biri – yuzlashtirish. Yuzlashtirish so‘roq qilishning bir turi bo‘lib, unda aynan bir vaqtda ikki shaxs so‘roq qilinadi. Ushbu jarayonda murakkab ruhiy va axloqiy holatlar vujudga keladi. Yuzlashtirishda bir odam to‘g‘ri, ikkinchisi noto‘g‘ri ko‘rsatuv beradi.
Yuzlashtirishda tergovchi, eng avvalo, yuzlashtirish tartibini tushuntirmog‘i kerak. Yuzlashtirishga qo‘yiladigan axloqiy talab shundaki, tergovchi ularga faqat uning ruxsati bilan bir-birlariga savollar berishi hamda navbatma-navbat javob berishi kerakligini uqtirishi, ular bir-
birlarining qadr-qimmatini hurmatlashlari, tinchlik saqlashlari lozimligini qayta-qayta ta’kidlashi kerak.
Tergov faoliyatida tergov harakatlarini axloq normalaridan og‘ishmay amalga oshirish, avvalo, tergovning samarali bo‘lishiga, undan keyin qonuniylik va adolatning tantana qilishiga, inson qadr-qimmatining kamsitilmasligiga imkon beradi. Bu bilan tergovchilarning, ichki ishlar idoralari barcha xodimlarining obro‘-e’tibori yanada oshadi, huquqiy madaniyatlari yuksaladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling