Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar


Download 0.5 Mb.
bet106/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar





  1. Tergovchilik kasbi deganda nimani tushunasiz?

  2. Tergovchi o‘z faoliyatini qaysi hujjatlarga tayangan holda olib boradi va uning zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan bo‘ladi?

  3. Tergovchiga zarur bo‘lgan axloqiy xislatlarni nimalar tashkil etadi?

  4. Tergov qilishda axloqqa zid bo‘lgan qanday xatti-harakatlarni sodir etish taqiqlanadi?

  5. So‘roq qilishning axloqiy normalari deganda nimani tushunasiz?

  6. So‘roq qilishga chaqirish va so‘roq qilish vaqti to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  7. Tintuv o‘tkazishning axloqiy normalarini aytib bering.

  8. Tergovchining nafosati haqida bahs yuriting.

  9. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksini o‘qing va uning axloqiy mazmuniga e’tibor qarating.

  1. bob


ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI XIZMAT JAMOALARINING AXLOQIY-ESTETIK MADANIYATI
1-§. ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING XIZMAT JAMOASI, UNING ASOSIY BELGILARI, TURLARI VA SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Inson o‘zini o‘rab turgan olam bilan bo‘ladigan munosabatlar tizimida yashaydi va kamol topadi. Bu munosabatlar tizimi esa insonning tabiatga, moddiy va ma’naviy qadriyatlarga hamda bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini qamrab oladi. Odamlarni ushbu munosabatlar davomida olamni o‘zgartirish, undagi narsa-hodisalarni o‘z manfaatlariga bo‘ysundirib, ehtiyojlarini qondirish maqsadi birlashtiradi. Ana shu birlashuv jamoaning kelib chiqishidagi omillardan biri hisoblanadi.
Xo‘sh, jamoa nima? Jamoa maqsad, qiziqish va faoliyat mushtarakligi asosida birlashgan va muayyan barqarorlikka ega bo‘lgan kishilar uyushmasidir.
Jamoalarni o‘ziga xos belgilariga ko‘ra bir necha turlarga, masalan, jamoa a’zolarining soniga qarab – oz sonli yoki ko‘p sonli, katta yoki kichik; tarkibiy tuzilishiga ko‘ra – yoshlar, o‘rta yoshdagilar, keksalar; erkaklar yoki ayollar; ma’lumotlilar yoki ma’lumotsizlar; mutaxassis; bir millatli yoki ko‘p millatli jamoalarga ajratish mumkin.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat jamoalari deb davlat hokimiyati tomonidan fuqarolarning haq-huquqlarini, xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni ochish maqsadida ixtiyoriy-majburiy ravishda tashkil etilgan boshqarishning yakkaboshchilik prinsipiga qat’iy amal qiladigan katta yoki kichik guruhlarga (bo‘linma, bo‘lim, boshqarmalarga) aytiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat jamoalarini ularning ish faoliyatiga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • jinoyat qidiruv;

  • uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash;

  • tergov;

  • jamoat tartibini saqlash;

  • profilaktika nozirlari;

  • pasport va chet elga borishga ruxsat berish;

  • navbatchilik qismi;

  • patrul-post, qo‘riqlash va boshqalar.

Ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat jamoalarini davomiyligiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  1. Qisqa muddatli xizmat jamoasi. Bunday xizmat jamoalari sodir etilgan muayyan jinoyatni tez ochish, jinoyatchilarni darhol qo‘lga olish yoki biron vazifani bajarish uchun mutaxassislarni jalb qilgan holda tez fursatda tuziladi. Ular bir kundan bir yilgacha bo‘lgan muddat davomida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin.

  2. O‘rta muddatli xizmat jamoasi. Bunga biron murakkab jinoyatni ochish uchun tashkil etilgan hamda mutaxassislar tayyorlash maqsadida 1 yildan 10 yilgacha davrga mo‘ljallab tashkil etilgan xizmat jamoalari kiradi.

  3. Uzoq muddatli xizmat jamoasi. Uzoq muddatli maqsadlarni ko‘zlab muntazam ravishda xalqning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘n yildan ortiq davr mobaynida faoliyat ko‘rsatuvchi jinoyat qidiruv bo‘limi, tergov bo‘limi, pasport bo‘limi kabi xizmat jamoalari uzoq muddatli xizmat jamoalari hisoblanadi.

Barcha jamoalarda bo‘lgani kabi, ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat jamoalarining ham o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:

  1. Maqsad birligi xizmat jamoasining asosiy belgisi. U jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda xizmat jamoasining asosiy maqsadini va shu maqsadni amalga oshirish uchun odamlarning o‘z atrofida birlashishini bildiradi. Ichki ishlar idoralaridagi xizmat jamoalarining asosiy maqsadi jinoyatchilikning oldini olish va uni tugatish asosida fuqarolarning tinch- totuv yashashini ta’minlab, kelgusida huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishga xizmat qilishdan iborat.

  2. G‘oyaviy birlik – xizmat jamoasi a’zolarining milliy istiqlol mafkurasi talablaridan kelib chiqqan holda jamiyatda insonparvarlik, adolatparvarlik, qonuniylik, jamoatchilik va vatanparvarlikning tantana qilishi uchun ma’naviy-ruhiy jihatdan birlashishi.

  3. Hamkorlik va o‘zaro yordam – xizmat jamoasidagi har bir xodimning o‘z burchini bajarishida birodarlari bilan hamkorlik qilish va o‘zaro yordam berish xususiyatlarini ifodalaydi. Bu xususiyat har bir inson uchun tabiiy bo‘lib, usiz xizmat jamoasini tasavvur qilish qiyin.

  4. Rahbarlik –xizmat jamoasining asosiy belgilaridan bo‘lib, ishlarni boshqarish, maqsadni aniqlash, rejalashtirish, ish natijalarini tahlil qilish ehtiyojlaridan kelib chiquvchi zaruriy faoliyat hisoblanadi. Xizmat jamoasida rahbarlik qilish asosan yakkaboshchilik prinsipiga asoslanadi.

  5. Demokratiya – xizmat jamoasining muhim belgisi bo‘lib, u har bir jamoa a’zosining bajarilayotgan ish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishi hamda rahbarning shu fikrlar asosida tegishli qarorlar qabul qilishi asosida ishni tashkil etishiga asoslangan faoliyat shaklidir. Demokratiyasiz xizmat jamoasi o‘z mazmunini yo‘qotadi va qandaydir mexanizmga aylanib qoladi.

  6. Tartib-intizom – xizmat jamoasi vujudga kelishi va mavjud bo‘lishining asosiy sharti. Tartib-intizomsiz xizmat jamoasi o‘z oldida turgan vazifalarni bajara olmaydi. Har qanday boshboshdoqlik xizmat jamoasiga yot narsa hisoblanadi. Qayerda tartib-intizom bo‘lsa, o‘sha joyda muvaffaqiyat bo‘ladi.

Ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat jamoalarini shakllantirish murakkab faoliyat bo‘lib, bir necha bosqichni qamrab oladi.
Birinchi bosqich – xizmat jamoasini tashkil qilish davri bo‘lib, unda eng avval rahbar-boshliq tayinlanadi va ishga olinishi kerak bo‘lgan xodimlar soni belgilanadi. Shunga ko‘ra, tayinlangan boshliq xizmat jamoasiga mutaxassislarni tanlab olish va lavozimga tayinlash ishlari bilan bevosita shug‘ullanadi. Ushbu dastlabki bosqichda xizmat jamoasi hali to‘liq shakllanmagan, xodimlar o‘rtasida axloqiy-estetik munosabatlar yetarli darajada tarkib topmagan bo‘ladi. Bu davrda ba’zan boshliqqa, uning o‘rinbosarlariga ishonqiramay qarash, berilgan topshiriqlarni bajarishda bo‘ysunmaslik kabi holatlar uchrab turadi.
Bu bosqichda jamoaning oyoqqa turishi boshliqqa bog‘liq bo‘ladi. U qanchalik talabchan, tashkilotchi, jonkuyar, sobitqadam bo‘lsa, jamoa shunchalik ahil, ishchan bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda xizmat jamoasi tarkibiy-tashkiliy tuzilishining barqarorlashuvi, boshliqqa yordam beruvchi faol jamoatchilar, ishga unchalik ko‘ngli yo‘q, faolligi past xodimlar hamda o‘zgalarga xalaqit beruvchi, intizomsiz shaxslar borligi ko‘zga tashlanadi. Bu bosqichda rahbar ish uslubini birmuncha o‘zgartiradi, aniqrog‘i faollar orqali guruhlarni boshqarishga o‘tadi. Faollar esa boshliqning yaqin yordamchilariga aylanib, xizmat jamoasining faoliyati ustidan o‘z nazoratini o‘rnatadilar. Xuddi shu bosqichda ishyoqmas, vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraydigan, intizomsiz xodimlar bilan ta’lim-tarbiya ishlari kuchaytiriladi. Ayniqsa jamoa a’zolari o‘rtasida ko‘ngilochar
o‘yinlar tashkil qilish, to‘y, tug‘ilgan kunlarni nishonlash, sport musobaqalarida qatnashish jonlanib ketadi.
Uchinchi bosqichda xizmat jamoasining mustahkamlanib barqarorlashuvi, o‘zaro hamkorlik, o‘rtoqlarcha yordam, har bir jamoa a’zosining o‘z vazifalariga katta mas’uliyat bilan yondashishi ko‘zga tashlanadi.
To‘rtinchi bosqich – xizmat jamoasi a’zolarining jipslashuv davri. Bu davrda «bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun» degan prinsip qaror topadi.
Jamoa – o‘zgaruvchan, betinim rivojlanuvchi ijtimoiy hodisa. Vaqt o‘tishi bilan jamoani tashkil etuvchi xodimlar, ularni birlashtiruvchi axloqiy-estetik munosabatlar hamda jamoaning shaxsga ta’sir ko‘rsatish usullari ham o‘zgarib turadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling