Ichki ishlar idoralari xodimlarining
Download 0.5 Mb.
|
Respublikasi
Rahbarlikning asosiy axloqiy qoidalari. Rahbarlikning asosiy axloqiy qoidalariga quyidagilar kiradi:
qo‘l ostidagilarga ish o‘rgatish va ulardan ham o‘rganish; odamlarni o‘zining yaxshi xislatlari, ishdagi shaxsiy namunasi bilan ortidan ergashtira bilish, ya’ni «men qilganday bajar» degan qoidani shior qilib ish ko‘rish; talab qilish, ammo ta’qib etmaslik; qo‘l ostidagilarning tarjimai holini, xulqidagi yaxshi va yomon tomonlarini, turmush sharoitini, oilaviy ahvolini, do‘st va dushmanlarini yaxshi bilish; muomalada kamtar, sodda, vazmin, dilkash bo‘lish, ortiqcha rasmiyatchilik, to‘rachilikka yo‘l qo‘ymaslik; o‘ziga bino qo‘yish va maqtanishdan saqlanish, xalqimizning «kamtarga kamol, manmanga zavol» degan o‘gitini yodda tutish; sobitqadam bo‘lish, ammo qaysar bo‘lmaslik, qaysarlik – ahmoqlik belgisi ekanligini teran anglash; zaruratsiz tanqid qilmaslik, tanqidning maqsad emas, vosita ekanligini unutmaslik; xatosini tushunib, uni tuzatgan odamni tanqid qilmaslik, ayniqsa kamchiligini yuziga solmaslik; qo‘l ostidagilarning qilayotgan ishlariga zaruratsiz aralashmaslik; «boshliq xafa bo‘lmaydi, u tahlil qiladi» degan o‘gitga amal qilish; hamma vaqt qo‘l ostidagilariga ularning yaxshi ishlari uchun tashakkur aytish; begona odamlar oldida qo‘l ostidagilarini tanqid qilmaslik, ularga tanbeh bermaslik; gapirish, tinglash, suhbatlashishni bilish; o‘zgalar xatosidan saboq chiqarish; o‘zgalarning fikrlariga quloq solish; yoqmagan odamlarning ham fikr va takliflariga e’tibor berish, ularni qo‘rslik bilan qaytarib tashlamaslik; iqtidorli xizmatchilardan qo‘rqmaslik, ularni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash; ishxonadan chiqqanda qayerda bo‘lishi va ishxonaga qachon qaytib kelishini aytib ketish; telefonda qisqa va aniq so‘zlashish, sirlarni oshkor etmaslik; itoat qilishga o‘rganish; qo‘l ostidagilariga topshiriq berishdan avval ularning imkoniyat va qobiliyatlarini inobatga olish; o‘zini faqat ishdagina boshliq, xizmatdan tashqarida jamoaning teng huquqli a’zosi deb his qilish; birinchi bo‘lib salomlashishga harakat qilish; tushayotgan ma’lumotlarni obdon tekshirmasdan turib xulosa chiqarmaslik, mish-mishlar hamda g‘iybatlarning ishga va rahbar obro‘siga katta zarar yetkazishini unutmaslik; xushomad qilayotgan odamga nisbatan hushyor bo‘lish; qo‘l ostidagilarning ham odam ekanligini, ularning ham oilasi, yoru do‘stlari borligini unutmaslik; ishonish, ammo tekshirib ko‘rish prinsipiga amal qilish va h.k. Katta va kichik xodimlar o‘rtasidagi munosabat qoidalari. Katta va kichik xodimlar o‘zaro munosabatda quyidagi qoidalarga rioya etishlari kerak: o‘zaro muloqotda kamtar, muloyim, bosiq, samimiy bo‘lish hamda o‘z munosabatlarini o‘zaro hurmat, ishonch va hamkorlik asosida tashkil qilish; ish joylarida tinch va ishchanlik muhitini yaratish, telefonda aniq, ravshan va qisqa so‘zlashish, davlat va xizmat sirini oshkor qilmaslik; «siz»lab hamda unvonidan oldin «o‘rtoq» – «o‘rtoq leytenat», «o‘rtoq general-mayor» – deya murojaat qilish; maxsus unvonlarni buzib aytmaslik, taqiqlangan so‘zlar, laqab va nomlarni ishlatmaslik, qo‘pollik va beodoblik qilmaslik; safdan tashqarida hamda bir-birlariga murojaat qilish va topshiriqlar berish chog‘ida qadni rost tutish, topshiriq olganda «xo‘p bo‘ladi» deb, uni bajarishga kirishish; boshliqning, kattaning xonasiga kirganda ruxsat so‘rash va harbiychasiga salomlashib, o‘zini tanishtirish, bunda tashrif sababini tushuntirish, boshliq o‘tirishga ijozat bersa, o‘tirish; qo‘lni kiyim-kechak cho‘ntaklariga tikib yurmaslik, boshliqning (kattaning) huzurida ruxsatsiz o‘tirmaslik, shuningdek maxsus ajratilgan joylardan boshqa joylarda chekmaslik; jamoat transportida bo‘sh joy bo‘lmagan taqdirda kattalarga joy berish, yo‘lda bemalol o‘tib ketish mumkin bo‘lmasa, boshliqlarga (kattalarga) salom berib, yo‘l bo‘shatish. Boshliqlar (kattalar) bilan suhbatlashish chog‘ida quyidagi qoidalarga rioya etish zarur: ruxsatsiz suhbatga aralashmaslik; yalpayib, yonboshlab olmaslik, stul suyanchig‘iga osilib, oyoqlarni chalkashtirib o‘tirmaslik; qo‘ldagi buyumlarni o‘ynab, qo‘llarni boshga tirab yoki tirsakni boshliqning stoliga qo‘yib o‘tirmaslik; gapga aralashib, latifalar aytib, hazillar, kinoyalar, qochiriqlar qilib, ayniqsa baqirib gapirmaslik. Bo‘ysunuvchilar (kichiklar) boshliqlar (kattalar) bilan munosabatda quyidagi odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari lozim: – boshliqlarni (kattalarni) hurmat qilish, ammo tilyog‘lamalik va xushomadgo‘ylik qilmaslik; kamtar bo‘lish, ammo kelishuvchanlik qilmaslik; tashabbus ko‘rsatish, ammo o‘zboshimchalik qilmaslik; itoatkor bo‘lish, ammo qonunga zid buyruqlarni bajarmaslik; o‘z fikrini aytish, asoslash, biroq betgachoparlik qilmaslik. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling