Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Xizmat marosimlari va ularning tarbiyaviy ahamiyati


Download 0.5 Mb.
bet112/161
Sana07.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1694652
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Xizmat marosimlari va ularning tarbiyaviy ahamiyati. Marosimlar harbiy xizmatchilar faoliyatida, shu jumladan, ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat jamoalarida «harbiy marosim», «xizmat marosimi» tarzida namoyon bo‘ladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat jamoalarining marosimlari deb biron-bir bayram yoki tantanani maxsus nizom yoki buyruq bilan oldindan qat’iy tarzda belgilab qo‘yilgan axloq hamda nafosat normalari va prinsiplari asosida, xodimlarning nozik his-tuyg‘ularini uyg‘otib, ularning ruhiyatini ko‘taruvchi, yuqori darajada badiiylashgan, ramziy belgilar, musiqa, qo‘shiq va badiiy so‘zlar mushtarakligini ifodalash orqali nishonlash uchun bajariladigan muayyan xatti-harakatlar tizimiga aytiladi. Xizmat marosimlariga quyidagilar kiradi:

  • xorijiy davlatlar boshliqlarini kutib olish;

  • tantanali ravishda qasamyod qilish;

  • davlat mukofotlarini topshirish;

  • jangovar bayroqni topshirish;

  • urushda yoki xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok

bo‘lganlarning xotirasini yod olish;

  • pensiyaga kuzatish;

  • sport musobaqalarini ochish;

  • halok bo‘lganlarni dafn etish;

  • oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini tugatganlarga diplom va ko‘krak nishonlarini topshirish va boshqalar.

Xizmat marosimlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki ishlar idoralari xodimlarini ko‘tarinki ruhda, tantanali ravishda axloqiy va estetik jihatdan tarbiyalash, ularning kasb madaniyatini shakllantirishdan iborat.
Xizmat marosimlari ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyatida quyidagi vazifalarni bajaradi:
birinchidan, xodimlarning xizmat faoliyatini yuqori darajadagi g‘oyaviylik tamoyillari asosida ifodalab, uning ma’naviy-axloqiy xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatib turadi;
ikkinchidan, xodimlarga ko‘tarinki ruh baxshida etib, yangidan-yangi marralarga, ijodiy mehnatga chorlaydi va shu asosda ularning axloqiy- kasbiy madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi;
uchinchidan, kishilarda bayramona kayfiyat, hokimiyatning kuchiga ishonch, o‘z qasamyodiga sadoqat, insoniylik, adolatparvarlik, ona Vatanga muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalaydi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining qahramonona mehnatiga hurmat va ishonchni yanada mustahkamlaydi.
Xizmat jamoalarining marosimlarini o‘tkazishda quyidagi talablarni bajarishga alohida e’tibor berish zarur:

  1. Marosim o‘tkaziladigan joy nihoyatda toza, ozoda bo‘lishi, hamma jihozlar, ya’ni peshlavhalar, bayroqlar, suratlar, portretlar yuqori did bilan bezatilgan bo‘lishi, nishonlanayotgan tantana ruhiga mos bo‘lishi kerak. Bezaklar sodda va juda chiroyli, tantana ishtirokchilariga ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydigan bo‘lishi, bachkana bo‘lmasligi lozim.

  2. Marosim qatnashchilari harbiy odob qoidalarini amalda qo‘llay olishlari kerak.

  3. Marosim chog‘ida – davlat bayrog‘ini ko‘tarish, Davlat madhiyasini chalish yoki kuylash katta mas’uliyat bilan amalga oshirilishi kerak. Ularga nisbatan zarracha hurmatsizlik yoxud e’tiborsizlik qilishga yo‘l qo‘ymaslik zarur.

  4. Marosim chog‘ida xodimlar qo‘llaridagi qurol va boshqa vositalarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lib, ulardan foydalanishda

xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari zarur.
Xizmat marosimlari ichki ishlar idoralari xodimlari xizmat faoliyatining yuqori darajadagi axloqiy-estetik ifodasi ekanligini barcha yodda tutishi lozim.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling