Ichki ishlar organlari to’g’risida


-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish


Download 45.25 Kb.
bet18/21
Sana12.03.2023
Hajmi45.25 Kb.
#1262542
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi qonun

35-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali ta’minlanadi:
sog’lig’ini saqlash;
mehnatiga haq to’lash;
uy-joy maydoni bilan ta’minlash; 
mol-mulkiga etkazilgan zararning o’rnini qoplash;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog’ida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
davlat pensiya ta’minoti;
davlat sug’urtasi;
ijtimoiy yordam ko’rsatish.
Qonun hujjatlarida ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
36-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining sog’lig’ini saqlash
Ichki ishlar organlarining xodimlariga, harbiy xizmatchilariga, pensionerlariga, ishchi va xizmatchilariga hamda ularning oila a’zolariga, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ichki ishlar organlarining tibbiy muassasalari, shuningdek faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiruvchi boshqa davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy ta’minot beriladi hamda tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatiladi.
Ichki ishlar organlarining xodimlari, harbiy xizmatchilari, pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yo’llanmalar bilan ta’minlanadi.  
Kasalliklarning profilaktikasi, bemorlarga tashxis qo’yish, ularni davolash va sog’lomlashtirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish, tibbiy ko’riklar va harbiy-tibbiy ekspertiza o’tkazish uchun zarur bo’lgan tibbiy vositalar, buyumlar, asbob-uskunalar va dori vositalari O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan olinadi.
Zarur bo’lgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Alohida hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy ko’rsatmalar bo’yicha tibbiy yordam olishi uchun uni O’zbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi xulosasi asosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy yordam olishi uchun xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordamni va sanatoriy-kurort ta’minotini, tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 

Download 45.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling