Ichki ishlar organlari to’g’risida


-modda. Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash va lavozimidan ozod etish


Download 45.25 Kb.
bet5/21
Sana12.03.2023
Hajmi45.25 Kb.
#1262542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi qonun

14-modda. Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash va lavozimidan ozod etish
O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi va lavozimidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladi.
O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o’rinbosarlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi ichki ishlar vaziri O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (bo’limlari), tarmoq ichki ishlar boshqarmalari (bo’limlari) boshliqlari Qoraqalpog’iston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig’ining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshliqlarining taqdimnomalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 
Ushbu moddaning birinchi – beshinchi qismlarida ko’rsatilmagan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
15-modda. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (bo’limlarining) ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan hamkorligini ta’minlash maqsadida tashkil etiladigan hamda qishloqlarda, ovullarda va mahallalarda jamoat tartibi saqlanishini, fuqarolar xavfsizligini, huquqbuzarliklar profilaktikasini, jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita ta’minlaydigan asosiy quyi bo’g’inidir.
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari faoliyatni profilaktika katta inspektorlari va inspektorlaridan iborat tarkibda amalga oshiradi.
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari ishini tashkil etish uchun ichki ishlar organlarining boshqa bo’linmalari, shuningdek «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmalari ham jalb etilishi mumkin.

Download 45.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling