Ichki ishlar organlari to‘G‘risida
-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash
Download 69.98 Kb.
|
ichki ishlar to`g`rsida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 32-modda. Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan bo‘shatish
31-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari majburiy tartibda maxsus kasbiy tayyorgarlikdan yoki qayta tayyorgarlikdan o‘tadi. Oldingi tahrirga qarang. Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu muassasalarda o‘qitilmaydigan ixtisosliklar mustasno. (31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari ichki ishlar organlarida xizmatda deb hisoblanadi, chet el fuqarolari bundan mustasno. 32-modda. Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan bo‘shatish Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan bo‘shatishga quyidagilar asos bo‘ladi: Oldingi tahrirga qarang. o‘zining xohishi (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘tamaganlarga) — xodimning bildirgisi asosida; (32-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) ichki ishlar organlarida xizmatda bo‘lishning ushbu Qonunda belgilangan chegaradagi yoshiga to‘lganligi; Oldingi tahrirga qarang. pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘taganligi — xodimning bildirgisi asosida; (32-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) tashkiliy-shtat o‘zgarishlari; Oldingi tahrirga qarang. kasalligi — harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida; (32-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) sog‘lig‘ining cheklanganligi holati — harbiy-tibbiy komissiyaning ichki ishlar organlaridagi xizmatga yaroqliligi cheklanganligi to‘g‘risidagi va xizmat bo‘yicha boshqa lavozimga o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida; Oldingi tahrirga qarang. dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi; (32-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi — attestatsiya natijalari asosida; xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzganligi; ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi; Oldingi tahrirga qarang. sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganligi; (32-moddaning birinchi qismi o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) Oldingi tahrirga qarang. xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud bo‘lgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi; (32-moddaning birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) Oldingi tahrirga qarang. boshqa turdagi davlat xizmatiga o‘tganligi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritilmagan holda); (32-moddaning birinchi qismi o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi. Oldingi tahrirga qarang. Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya etmaganligi uchun xizmatdan bo‘shatilishi mumkin. (32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 69.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling