Ichki ishlar organlari to‘G‘risida


-bob. Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi va shartlari


Download 69.98 Kb.
bet21/32
Sana18.06.2023
Hajmi69.98 Kb.
#1571585
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
ichki ishlar to`g`rsida

6-bob. Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi va shartlari
25-modda. Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash chog‘ida fuqarolar huquqlarining tengligini ta’minlash
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga fuqarolarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, ularning xizmatda ko‘tarilishi va boshqa lavozimga o‘tishi fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
26-modda. Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
O‘n sakkizdan o‘ttiz yoshgacha, shu jumladan o‘ttiz yoshdagi, tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan, o‘zining shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ichki ishlar organlaridagi xizmatga ixtiyoriy tartibda, tanlov asosida qabul qilinadi.
(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Zarur bo‘lgan hollarda, ichki ishlar organlarining ayrim bo‘linmalari va tashkilotlariga xizmatda bo‘lishning eng yuqori yoshiga to‘lgan paytida ko‘p yillik xizmati uchun pensiya olish huquqiga ega bo‘ladigan o‘ttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinishi mumkin.
Ichki ishlar organlarining o‘ttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinadigan ayrim bo‘linmalari, tashkilotlari va lavozimlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Erkaklar ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tashi yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tishi kerak.
Alohida hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan xodimlar ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Siyosiy partiyalarning a’zolari bo‘lgan, ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan fuqarolar xizmatni o‘tash davrida siyosiy partiyalarga a’zolikni to‘xtatib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek ichki ishlar organlarining harbiy xizmatchilari va xodimlari qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalarida chet el fuqarolari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda o‘qishi mumkin.
(26-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan, boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan fuqarolar, shuningdek sodir etgan jinoyati uchun qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar muqaddam sudlangan fuqarolar ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas.
(26-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan shaxslar uchun dastlabki sinov muddati uch oydan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan tinglovchilari va kursantlari harbiy hisobdan chiqariladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus hisobida turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalari tinglovchilari va kursantlari birinchi bosqichdagi o‘quv muddatini tugallaganidan keyin muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hisoblanadi va ularga o‘quv muassasasi joylashgan erdagi mudofaa ishlari bo‘yicha hududiy bo‘lim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.

Download 69.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling