Ichki ishlar organlari to’g’risida
-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy tamoyillari
Download 45.25 Kb.
|
“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi qonun
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-modda. Qonuniylik printsipi
- 7-modda. Yagonalik printsipi
5-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy tamoyillari
Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy tamoyillari qonuniylik, yagonalik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish, ochiqlik va shaffoflikdan iborat. 6-modda. Qonuniylik printsipi Ichki ishlar organlari xodimlari o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga aniq rioya etishi hamda ularni bajarishi shart. Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga ko’ra yuz berganidan qat’i nazar, qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo’ladi. Ichki ishlar organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chog’idagi o’zining qonunga xilof xatti-harakatlarini (harakatsizligini) oqlash uchun xizmat manfaatlarini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikni, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qonunga xilof talablari, buyruqlari va farmoyishlarini yoki qonunga muvofiq bo’lmagan boshqa biror-bir holatni ro’kach qilishi mumkin emas. Ichki ishlar organlarining xodimlariga kimnidir g’ayriqonuniy harakatlarni sodir etishga bevosita yoki bilvosita qiziqtirish, ko’ndirish, undash taqiqlanadi. 7-modda. Yagonalik printsipi Ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir va O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan yagona tizimni tashkil etadi. 8-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish printsipi Ichki ishlar organlari o’z faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish asosida amalga oshiradi. Ichki ishlar organlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar himoya qilinishini ta’minlaydi. Ichki ishlar organlarining fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklovchi faoliyati, agar qonuniy maqsadga erishilgan bo’lsa yoki ushbu maqsadga fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklash orqali erishib bo’lmasligi yoki erishilmasligi kerakligi aniqlansa, darhol to’xtatiladi. Qiynoqlarga solish, zo’ravonlik qilish, boshqa shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada bo’lish ichki ishlar organi xodimiga taqiqlanadi. Ichki ishlar organining xodimi fuqaroga qasddan og’riq, jismoniy yoki ma’naviy azob etkaziladigan xatti-harakatlarga chek qo’yishi shart. Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, ichki ishlar organlari fuqaroning sha’ni, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro’siga putur etkazadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli bo’lgan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, ichki ishlar organlari har bir fuqaroga o’zlarida mavjud bo’lgan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga bevosita daxldor bo’lgan hujjatlar hamda materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart. Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida: o’z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga ko’ra xizmat guvohnomasini ko’rsatishi, shundan so’ng murojaat qilishining sababi va maqsadini ma’lum qilishi; fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo’llanilgan taqdirda, bunday choralar qo’llanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart. Ichki ishlar organi xodimi o’ziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, o’z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, o’z vakolatlari doirasida tegishli choralar ko’rishi yoxud qo’yilgan masalani hal etish kimning vakolatiga kirishini tushuntirishi shart. Download 45.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling