Ichki ishlar organlari to’g’risida


Download 45.25 Kb.
bet1/21
Sana28.09.2023
Hajmi45.25 Kb.
#1689146
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi qonun


Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi qonun

Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan


Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining (bundan buyon matnda ichki ishlar organlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari
Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat.
3-modda. Ichki ishlar organlari to’g’risidagi qonun hujjatlari
Ichki ishlar organlari to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
4-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yo’nalishlari
Ichki ishlar organlari faoliyatni o’z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiradi:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash;
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, jinoyat ishlari bo’yicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni o’tkazish;
jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek qo’yishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yo’li bilan kurashish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash;
ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy ta’sir ko’rsatishning boshqa choralarini ijro etish, shuningdek shaxslarni qidirish;
ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni yuritish, ma’muriy jazolarni qo’llash to’g’risidagi qarorlarni ijro etish;
yo’l harakati xavfsizligini ta’minlash;
pasport tizimi talablarining bajarilishini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalarni berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va O’zbekiston Respublikasi hududida bo’lish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish;
fuqaroviy va xizmat qurollarining hamda ular o’q-dorilarining, sanoat uchun mo’ljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning va ular prekursorlarining muomalada bo’lishi sohasida nazorat qilish;
yong’in xavfsizligini ta’minlash;
ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish;
davlat ob’ektlarini, o’ta muhim, toifalangan ob’ektlarni va boshqa ob’ektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo’riqlash;
litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va ruxsat etishga oid talablarga hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish;
harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish;
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish.

Download 45.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling