Ichki ishlar organlari to’g’risida


-modda. Xalqaro hamkorlik


Download 45.25 Kb.
bet21/21
Sana28.09.2023
Hajmi45.25 Kb.
#1689146
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi qonun

45-modda. Xalqaro hamkorlik
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o’z vakolatiga taalluqli masalalar bo’yicha hamkorlikni amalga oshiradi.
46-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining javobgarligi
Ichki ishlar organi xodimi g’ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar bo’ladi.
Ichki ishlar organi xodimining g’ayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararning o’rni ichki ishlar organlari tomonidan byudjetdan tashqari jamg’arma mablag’lari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomini buzganlik uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Ichki ishlar organlarining intizom ustaviga muvofiq javobgar bo’ladi. 
Qaysi jismoniy yoki yuridik shaxs o’zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga ichki ishlar organi xodimining harakatlari yoki harakatsizligi sabab bo’ldi deb hisoblasa, o’sha jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan bo’ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, prokurorga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
47-modda. Ichki ishlar organlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ichki ishlar organlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladi.
48-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
49-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o’tgach kuchga kiradi.
O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti vazifasini bajaruvchi


Download 45.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling