Ichki ishlar organlari to’g’risida


-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining davlat pensiya ta’minoti


Download 45.25 Kb.
bet20/21
Sana28.09.2023
Hajmi45.25 Kb.
#1689146
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi qonun

41-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining davlat pensiya ta’minoti
Ichki ishlar organlari xodimlari, boquvchisini yo’qotgan taqdirda esa ularning oila a’zolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya ta’minotini olish huquqiga ega.
42-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining davlat sug’urtasi
Ichki ishlar organlarining xodimlari O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sug’urta qilinadi.
43-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlariga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam ko’rsatish
O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ichki ishlar organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog’ida tan jarohati etkazilgan xodimlariga, shuningdek halok bo’lganlarning oila a’zolariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli.
Qonun hujjatlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog’ida halok bo’lgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga ularni ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilishda va O’zbekiston Respublikasining oliy harbiy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
44-modda. Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti
Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti, O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi, bundan yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan bo’linmalar mustasno.
Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan bo’linmalari ushbu shaxslar hisobidan ta’minlanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Ashyoviy ta’minot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ichki ishlar organlarida byudjetdan tashqari jamg’arma tashkil etilishi mumkin, uni tashkil etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ichki ishlar organlari uchun ajratiladigan mablag’lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 45.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling