Ichki ishlar organlari to’g’risida


-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining mehnatiga haq to’lash


Download 45.25 Kb.
bet19/21
Sana28.09.2023
Hajmi45.25 Kb.
#1689146
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi qonun

37-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining mehnatiga haq to’lash
Ichki ishlar organlari xodimlariga pul ta’minotining turlari va miqdori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda miqdorlarda pul va oziq-ovqat ta’minoti bilan ta’minlanadi.
38-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy maydoni bilan ta’minlash
Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan ichki ishlar organlari xodimlari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Ichki ishlar organlari xizmat uy-joy fondiga ega bo’lishi mumkin.
Ichki ishlar organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to’lanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish va yakka tartibda uylar qurish uchun er uchastkalari olish huquqi beriladi.
39-modda. Ichki ishlar organi xodimining mol-mulkiga etkazilgan zararning o’rnini qoplash
Ichki ishlar organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog’liq holda etkazilgan zararning o’rni O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan to’liq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
40-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog’ida transport vositalaridan foydalanishi tartibi
Ichki ishlar organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan ichki ishlar organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorug’lik signallariga va tovushli signallarga, bo’yoqli rangli grafika sxemasiga ega maxsus avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan ta’minlanadi.  
Mehnatning qatnov xususiyati bilan bog’liq bo’lgan xizmat majburiyatlarini bajaruvchi ichki ishlar organlari xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda shahar yo’lovchi transportidan (yo’nalishli va yo’nalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yo’l chiptalari beriladi yoki pullik kompensatsiya to’lanadi.
Xizmat safariga yuborilgan ichki ishlar organlari xodimlariga transportning barcha turlariga yo’l hujjatlarini safar guvohnomasini ko’rsatib navbatsiz olish huquqi beriladi.
Shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanadigan ichki ishlar organlari xodimlariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to’lanadi.

Download 45.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling