Ichki ishlar organlari to’g’risida


-modda. Ichki ishlar organi xodimining qasamyodi


Download 45.25 Kb.
bet14/21
Sana28.09.2023
Hajmi45.25 Kb.
#1689146
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
“Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi qonun

27-modda. Ichki ishlar organi xodimining qasamyodi
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
«Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirar ekanman, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakat tinchligi, osoyishtaligi va xavfsizligini mustahkamlash borasidagi burchimni va zimmamga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarishga va’da beraman.
Vatanimga va O’zbekiston xalqiga sodiq bo’lishga qasamyod qilaman».
28-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlari
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan, maxsus unvon berilgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi ichki ishlar organining xodimidir.
Ichki ishlar organlarida xizmatni o’tash tartibi hamda formali kiyim-bosh namunalari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Ichki ishlar organi xodimiga O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, belgilangan namunadagi xizmat guvohnomasi va jeton beriladi.
Ichki ishlar organi xodimi egallagan lavozimi, turgan joyi va vaqtidan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasining butun hududida boshlig’ining (komandirining) buyrug’iga binoan istalgan vaqtda xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishishi hamda quyidagi choralarni ko’rishi shart:
jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki hodisalar joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki boshqa xil yordam ko’rsatilishini tashkil etish;
odamlarni qutqarish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qo’yish, ularni sodir etgan shaxslarni ushlash, hodisa joyini qo’riqlash hamda unga fuqarolar o’zlarining shaxsiy xavfsizligiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi voqealar to’g’risidagi xabarlar bilan murojaat qilgan yoxud bevosita o’zi shunday voqealarga duch kelgan taqdirda eng yaqindagi ichki ishlar organlari bo’linmasiga xabar berish.
Ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi deganda quyidagilar tushuniladi:
lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok etish;
xizmatni (jangovar xizmatni) o’tash;
xizmat safarida yoki davolanishda bo’lish;
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli ichki ishlar organlari (harbiy qism) hududida bo’lish; 
xizmat, davolanish joyiga borish yoki ulardan qaytish;
yig’inlarda (harbiy yig’inlarda) ishtirok etish;
asirlikda bo’lish (o’z ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda bo’lish;
bedarak ketish – xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yo’qolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar;
shaxsning hayoti, sog’lig’i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar;
qonuniylikni va huquq-tartibotni ta’minlashda boshqa shaxslarga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam ko’rsatish;
sud tomonidan xodimning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan deb topilgan boshqa harakatlari.

Download 45.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling