Ichki kasalliklar ma’r


Mavzu: №1 O’z-o’ziga yordam berish va o’zaro yordam berish


Download 484 Kb.
bet2/62
Sana17.06.2023
Hajmi484 Kb.
#1520505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
684 Ichki kasallikl

Mavzu: №1 O’z-o’ziga yordam berish va o’zaro yordam berish.
Reja:
1. Kasallikning klinik usullari haqida umumiy ma`lumot.
2. Suvga cho’kkanda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
3. Ofrob urganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
4. Ilon chaqqanda, quturganda, hayvonlar tishlaganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
Adabiyotlar:

  1. Ichki kasalliklar F.I.Kamarov, V.G.Kukes., A.S. Smetnyov., Tibbiyot nashriyoti, Moskva 1981 yil 86-136,171-187 betlar.

  2. Ichki kasalliklar A.B. Sharopov. Abu Ali Ibn Sino nashriyoti Toshkent 1991 yil 3-40 betlar.

3. Tibbiyot hamshiralari o’quv qo’llanmasi Ramazonova R.A. Syomina Yu. G. Toshkent O’qituvchi nashriyoti 224-232 betlar.

Ba'zi hollarda bir kasallikning o'zi turli organizmda turlicha alomatlar (simptomlar, belgilar) bilan o'tadi. Masalan zotiljam, bir bemorda yo'talish, balg'am ko'chishi, nafas olishning qiyinlashuvi bilan kechsa, boshqasida bu belgilar bo'lmasligi, bemor faqat bosh og'rig'i bilan, ishtahasi yo'qligidan shikoyat qilishi mumkin. Bir bemor jotiljamdan halok bo'lishi, boshqasi esa uni oyoqda yurib, yengil-yelpi o'tkazib yuborishi mumkin. Bu hodisa organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyatiga va kasallikdan himoyalanish kuchiga bog'liq. Kasallikning avj olishi esa, uni keltirib chiqargan sabab (etiologiya)ga bog'liq. Kasallik sababini aniqlash uni oldini olish, to'g'ri diagnoz qo'yish va davolashda katta ahamiyatga ega.


Patogenez (organizmda kasallikning rivojlanishi). Bemorning ahvolini bilish uchun kasallikning rivojlanish protsessi (patogeniz) aniqlash katta ahamiyatga ega. Har qanday kasallik etiologiyasi bir xil, ammo patogenezi turlicha bo'lishi mumkin. Patogenez yordamida kasallik oqimidan tashqari, ayrim organlarning zararlanish protsessini ham aniqlash mumkin.
Kasallikka to'g'ri diagnoz qo'yishda patogenezdan tashqari, kasallik belgilarini aniqlash kerak. Chunki har xil kasallikning o'ziga xos belgilari bor. Bular subyektiv va abyektiv belgilardir. Subyektiv belgilar anamnez to'plash protsessida bemorning shikoyatlari (bosh, qorin og'rishi, darmonsizlik, bosh aylanishi, ko'z tinishi va hokazolar)ga qarab aniqlanadi. Subyektiv belgilar tasvirida оbyektiv belgilarni ko'ramiz, bunda kasallik belgilari ko'zga yaqqol tashlanadi. Masalan, badanga toshma toshishi, ko'z qizarishi, elektrokardiogramma, organlarni rengen apparat yordamida tekshirish va boshqalar. Har qanday kasallik asosan ikki xil o'tadi. Ba'zi kasalliklar to'satdan boshlanib, uzoqqa cho'zilmaydi. Bular o'tkir formadagi kasalliklar deb ataladi. Ba'zi kasalliklar esa uzoq davom etib vaqti-vaqti bilan qaytalanib turadi. Bu xildagi kasalliklar xronik (surunkali) kasalliklar deyiladi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling