Ichki kasalliklar ma’r


Download 484 Kb.
bet58/62
Sana17.06.2023
Hajmi484 Kb.
#1520505
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
Bog'liq
684 Ichki kasallikl

Tashxisi. Me’da kasalligini, xususan gastritni tashxislash uchun zondlashning ahamiyati katta.
Axlatni yashirin qon borligiga tekshirish g’oyat muhim. Bu me’dadan yashirin qon ketayotganligini aniqlashga imkon beradi. So’ngi vaqtlarda elastik gastrofibroskoplar tobora keng tarqalib boryapti. Ular me’da shilliq pardasi va o’nikki barmoq ichak so’g’onini ko’zdan kechirishnigina emas, balki, biopsiyasiya qilish, suratga olish va zarurat bo’lganda me’da peristaltikasini kinoga olishga ham imkon beradi. Me’da va o’n ikki barmoq ichakdagi potologik o’zgarishlar to’g’risida batavsil tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Me’daninig tekshirish usullaridan gastroelektrografiya va radio telemetriya tashxis qo’yishda zarur ma’lumotlar beradi .
Davosi. Davoni mehnat va turmush tartibini me’yorga keltirishdan boshlanadi. Har bir bemor uchun shaxsiy davo tadbirlarini davolovchi vrach belgilaydi. Davolashning ayrim umumiy prinsiplariga to’xtalib o’tamiz.
Bemor ovqatni o’z-o’zdan nisbatan qisqa vaqt oraliqdagi (kuniga 56 marta) ma’lum soatlardagina yeyishi kerak. Jismoniy va ruhiy zo’riqishlardan saqlanish zarur. Bemor uyda ovqatdan keyin o’rinda qorniga iliq isitqich qo’yib yotib dam olishi kerak. Gastrit qo’zimagan davrlarda bemor ambulatoriyada davo oladi. Tibbiyot hamshirasi ayrim davo muolajalarini ado qila olishi, masalan, me’dani yuvishni bilishi kerak. Me’dani yuvish ayniqsa me’da zondi yordamida qatiyan vrach ko’rsatmasi bo’yicha bajariladi.
Ayrim hollarda vrach ma’dani “xonaki usul” da-zondsiz yuvishni tavsiya qiladi. Bu davo chorasi shunga asoslanganki, qator kasallik sezgilarini (to’sh ostida og’irlik sezgisi, ko’ngil aynishi, so’lak oqishi) paydo qiladigsn ko’p miqdordagi shilimshiqni me’dadan suniy qustirish yordamida chiqariladi. Buning uchun ozroq natriy korbinatni (har bir stakan ichimlik suvga ½ choy qoshiqda) 4-5 stakan iliq suvda eritiladi. Bemor 4-5 stakan eritmaning hammasini ichadi, shundan so’ng barmoqlari bilan til ildiziga ta’sirlantirib qayt qiladi. Ba’zan me’da mineral suv bilan yuviladi. Me’dani necha marta yuvish kerakligini vrach belgilaydi. Bu jarayonning og’ir-yengilligiga bog’liq.
Zaharlanish bilan bog’liq o’tkir gastrit da va diagnozni aniqlash talab etiladigan hollarda yuvindi suvni laboratoriya tekshirishlari uchun qoldiriladi. ularni toza idishga yig’iladi va og’zini mahkam berkitib salqin joyda saqlanadi.
Me’dasi yuvilgan bemor 512 minutgacha qorniga iliq isitgich qo’yib yotishi kerak. Isitgich og’irlashib ketmasligi uchun ko’p suv quymaslik lozim, isitgichdagi suv juda ham qaynoq bo’lmaligi kerak. Uni qoringa to’g’ridan-to’g’ri qo’ymay, masalan ikki qavat qilib buklangan sochiq ustidan qo’yish kerak.
Parhez ovqatlarning ahamiyati katta. Surunkali gastriti qo’zigan bemorga dastlabki kunlarda ovqat yeyishga ruxsat etilmaydi, surunkali gastritning o’rtacha ifodalangan hollarida, ayniqsa remissiya bosqichida parhez ovqatlar birmuncha xilma-xil bo’ladi. Parhez tayinlashda ko’pgina omillar: yosh xususiyatlari, bemorning odatlarini hisobga olish kerak.
Surunkali gastritli bemorning taxminiy menyusi organizmning hayot faoliyati uchun zarur barcha ovqatlanish kopmonentlari (oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar)ni o’z ichiga oladi. Ertalabki birinchi marta yeyiladigan ovqat hajmi jihatidan katta bo’lmasligi kerak, chunki uyqudan keyin hazm shiralari birmuncha sekinlashgan bo’ladi. Ovqat mahsulotlarining bir qismi ichakni ta’sirlantirishi va uning ishini buzilishi (masalan, ich ketishi) mumkin. Nonushtaga yaxshisi manniy bo’tqasi yoki guruchli bo’tqa, bug’da pishgan kotlet yeyish, bir stakan qaynoq bo’lmagan suyuqroq choy ichish kerak, shuningdek kartoshka yoki sabzi pyuresi, bug’da pishgan oqsilli amlet, qaynatilgan yog’siz baliq, qaynatilgan gulkaram, qaynatilgan lavlagi tavsiya etilishi mumkin.
Kofe, kakao ichmaslik kerak, chunki bu ichimliklar me’da shilliq pardasiga yomon ta’sir qiladigan moddalar saqlaydi. Qalampir, xantal, yer qalampir, sirka ratsiondan chiqariladi. Hazm shirasi sekretsiyasi buzilganda ovqat yaxshi hazm bo’lmaydi, shuning uchun ko’p ovqat yeyish bemorning hazm apparatiga yomon ta’sir qiladi.
Nonushtadan keyin 2-3 soat o’tgach ikkinchi marta ovqat yeyish mumkin. Olma, olcha, olxo’ri, malina yoki qora smorodinadan tayyorlangan kompot yoki suyuq kompotdan bir stakan, shuningdek sut, bir kunlik qatiq yoki yangi kefirdan bir stakan ichish mumkin. Yong’oqdan tayyorlangan kofeni sut bilan ichishga ruxsat etiladi. Ko’rsatib o’tilgan ichimliklarni biri blan buterbrot (bir kunlik oq non burdasini ozgina yangi sariyog’, qora smorodina yoki olma shinnisi bilan) yeyish mumkin.
2-nonshtadan keyin 2-3 soat o’tgach uchinchi marta ovqat yeyish kerak. Yaxna ovqat-vinegret (ozgina kungaboqar moyi qo’shilgan qaynatilgan kartoshka, lavlagi, sabzi). Birinchi ovqatga taxminan yarim likopcha sho’rvo beriladi. Go’sht, tovuq, baliq bulyonlari shira haydovchi ta’siriga ega va sekretsiyasi pasaygan gastritda berilishi lozim. Sabzavotli sho’rvalar, shuningdek yangi karamdan tayyorlangan sho’rvadan tashqari, tushlik ovqat menyusiga suli vermishel yoki guruchli sho’rvalar, ikkinchi ovqatga go’sht, baliq, tovuqdan bug’da pishgan kotlet, qaynatilgan tovuq go’shti, qaynatilgan yog’siz baliq, garniriga kartoshka yoki olma, pishmagan nok, qizil va oq smorodina, ryabinadan tayyorlanmaslik kerak. Qand sharbatida pishirilgan olmalar, meva va danakli meva mussi; qand kukuni bilan ko’pchitilgan oqsil, shakar bilan ko’pchitilgan qaymoq, ozroq muzqaymoq, vitaminlarga boy meva suvlari va sharbatlari tavsiya qilinadi.
Tushlikdan 2-3 soat o’tgach tushlikdan keyin ovqat (poldnik) bir stakan choy bilan bulochka yoki buterbrod bilan ozroq yangi sariyog’ yoki kefir, bir kunlik prostokvasham sut, kompot, kisel beriladi.
Beshinchi marta kechki ovqat yeyiladi: qaynatilgan kartoshka, do’lma, meva sharbati, qo’shilgan guruchli yoki mannaya bo’tqa, tvorog bilan sut, jigar pashtet, ilitilgan tuxum, suyuqroq qilib damlangan choy, qandli iliq sut.
Agar gastritli bemor kech soat 7-8 da ovqatlansa, shundan keyin yana bedor bo’lib, ishtaha qo’zg’aydigan biror ishni bajara oladigan bo’lsa, uyqudan oldin yana ozroq ovqat yeyishi mumkin. O’z-o’zidan ravshanki, bemorning o’ziga xos odatlarini hisobga olish kerak. Agar biz gastritli bemorga 5-6 marta ovqatlanishni tavsiya etar ekanmiz, har gal ovqatning miqdori ko’p bo’lmasligiga ahamiyat berish kerak.
Me’da shirasi seketsiyasi oshgan bo’lsa, ichi bo’sh me’da shilliq pardasiga xlorid kislotaning ta’sir qilishi, ko’ngildagidek bo’ladi. Bunday hollarda kuniga 5-6 marta ovqat yeyish o’zini, to’la-to’kis oqlaydi. Bemor tunda ichi achishib ketayotganidan uyg’onib ketsa, tayyorlab qo’yilgan bir stakan sut, kompot yoki suyuq kisel ichib yotishi kerak.
Gastritga davo qilishga to’g’ri tayinlangan parhez ovqatlarining katta ahamiyati borligini unutmaslik kerak.

  1. me’daning yallig’langan shilliq pardasiga parhezdan tashqari qo’yidagi dori moddalari ishlatiladi.

  1. pirimidin asosli, metilurasil 0,5 g dan kuniga 3 marta 3-4 hafta, pentoksil 0,1 g dan kuniga 3 marta, 2-3 hafta.

  2. anabolik garmonlar; nerobol 0,005 g kuniga 3 marta, retabolil 50 mg mushak orasiga har 10-14 kunda bir marta.

V) vitaminlar; B1, B6 5% -1,0 mushak orasiga askorbin kislota 5%-2,0 mushak orasiga 2-3 hafta mobaynida.
G) me’da devorning qon aylanishini yaxshilash uchun 2ml mushak orasiga kuniga 1 marta bir oy mobaynida qo’llaniladi.

  1. Me’da shirasi ishlab chiqarishni yaxshilash, me’da ichidagi kimyoviy o’zgarishlarni yo’lga solish uchun, a) sof me’da shirasi 1 osh qoshiqdan 3 marta ovqat bilan birga beriladi.

  2. Me’daning harakat vazifasiga ta’sir etish a) silliq muskulatura tonusiga ta’sir etish: papaverin, no-shpa 0,08 g 3-4 marta yoki 2%-2,0 mushak orasiga, serukal 10 mg dan kuniga 2-3 marta ovqatdan oldin; b) xolinoblokatorlar: atropon sulfat 0,1% eritmadan 6-8 tomcho ovqatdan 30-40 min oldin, platifillin 1ml 0,2% li eritma teri ostiga; v) fizioterapevtik usul, issiqlik bilan davolash usullari (induktotermiya, parafin applikatsiyasi, ozokerit). Kalsiyni novokain bilan elektroforez qilish.

  3. Ichakdan ovqat hazm bo’lish jarayonini yo’lga solish: a) fermentli dori moddalari buyurish: panzinorm 1 tabletkadan 3 marta ovqat bilan, pankreatit 1 g dan 3 marta ovqatdan oldin.

b) enteroseptol, meksaform, intestopan ichak mikroflorasiga ta’sir etadi.
Sanatoriy-kurortda davolanish ham g’oyat muhim. Bizning mamlakatimizda bunday davo Chinobod, Toshkent mineral suvlari kabi mashhur kurortlarda va boshqa mahalliy kurortlarda olib boriladi. Mineral suv (boshqa davolash tadbirlari bilan birga) kasallik qo’ziganda ambulatoriya va shifoxonada davolash davrida ham qo’llaniladi. Mineral suvlardan karbonatli yoki xlorid–gidrokarbonat-natriyli suvlar juda yaxshi foyda beradi. Ularni kuniga 2-3 marta ovqatdan oldin ½ stakandan ilitilgan holda tayinlandi.
Surunkali gastritda ular hazm bezlari faoliyatini yaxshilaydi, me’daning sekretor va mator faoliyatini ketishiga va haydaishiga yordam beradi. Davolashni odatda kam minerallangan suvlardan boshlanadi, asta-sekin ko’proq munerallangan suvlardan o’tiladi. Sekretsiya ajralishi va me’da suyuqligi kislotaliligi oshgan gastritda odatda borjom, sekretsiyasi pasaygan gastritda Essintuki № 17 tayinlanadi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling