Ichki kasalliklar ma’r
Download 484 Kb.
|
684 Ichki kasallikl
Klinik manzarasi. Bemorlarning qorinda to’sh osti sohasidagi doimiy o’rtacha og’riqdan, ishtaha pasaygani, og’izdan yoqimsimsiz maza bo’lib turishi, yeyilgan ovqat ba’zan palag’ag’da tuxum, achchiq suyuqlik bilan kekirish, zarda qaynashi, ba’zan qusishdan noliydilar. Og’riq me’da muskullarining cho’zilib ketganligi yoki, tortishib qisqarishi sababli paydo bo’ladi. yallig’langan shilliq parda har qanday mexanik ta’surotda og’riq manbai bo’lib qoladi.
Siqilishdan kelib chiqadigan og’riqqa me’da shirasi kislotaligining oshganligi sabab bo’lishi mumkin. Agar o’nikki barmoqli ichakka me’da shirasi bilan konsentrlangan xlorid kislota tushsa va u o’nikki barmoqli ichakning ishqoriy eritmasi bilan neytrallanmasa, bu hollatda shilliq parda uzoq vaqtgacha ta’sirlanib qoladi. Bu o’z navbatida pilorusning ko’p vaqtgacha reflettor siqilishh holatida bo’lishiga olib keladi, bu og’riqqa sabab bo’ladi. Nordon me’da shirasi ajralishi me’daga ovqat tushganda ro’y beradi, shuning uchun og’riq ovqat yeyish bilan bog’liq bo’ladi. Me’da nordon suyuqlikdan ozod bo’lganda pilorusning reflektor spazmi to’xtaydi, shuning uchun me’dadagi og’riq pasayadi yoki qusishdan, me’da shirasining xlorid kislotani neytrallashga yordam beradigan natriy gidrokarbonat ichilgandan keyin batamom to’xtaydi. Agar og’riq shira haydaydigan ovqat yeyilgandan keyin paydo bo’lsa, og’riqqa me’da shirasining ortiqcha ajralishi sabab bo’lganligi haqida fikr yuritish mumkin. Me’da va qo’shni a’zolar (jigar, o’t qopchasi, me’da osti bezi, yo’g’on ichak, qorinning oldingi devori) o’rtasida hosil bo’lgan bitishmalar bemor u yonboshidan, bu yonboshiga ag’darilganda, kuchanganida, gavdasini orqaga engashtirganida, balan joydan biron narsani olishga urinib cho’zilganida og’riq paydo bo’lishiga olib keladi. Kasallikning ko’p uchraydigan belgilaridan biri zarda qaynash hisoblanadi. Zarda qaynashiga me’da muskullarining keskin qisqarishi sabab bo’ladi, uning suyuqligi, xususan xlorid kislota, qizilo’ngachning pastki qismiga otilib chiqadi va uning shilliq pardasini ta’sirlantiradi. Zarda qaynashidan tashqari, achchiq kekirish va qayt qilish kuzatiladi. Sekretor yetishmovchiligi bilan o’tadigan gastritda to’sh osti sohasida oz-moz og’riq, og’riqlik sezgisi, yeyilgan ovqat, palag’gda tuxum hidi, yoki havo bilan kekirish qayt etiladi. Bemorning umumiy ahvoli unchalik yaxshi bo’lmaydi, ishtahasi yomonlashadi, mehnat qobiliyati pasayadi, ichi suyuq ketadi. Gastrit monoton (bir xil) kechadi, bemorlarni kuzatish bemor ahvolining yomonlashganini ko’rsatmasa-da, ayni vaqtda “tinch” davrlar ham bo’lmaydi. Sekretsiyasi pasaygan gastriit aksariyat shunday kechadi. Oshgan yoki normal sekretsiyada kasallik to’lqinsimon rivojlanadi: qo’zish davrlari jarayonining so’nish davrlari bilan almashinib turadi. Qusish-gastritda doimiy belgidir, aksariyat u pasaygan sekretsiyali gastritda me’dada ovqat moddasi yoki suyuqlik tutilib qoladigan me’daning harakat vazifasi susayganda ko’riladi. Me’da anchagina to’lib ketganda uning muskulaturasi reflektor siqilishiga uchraydi. Ovqat qizilo’ngachning pastki qismiga o’tib, qusuq massalari ko’rinishida tashqariga otiladi. Surunkali gastritning abyektiv belgilari ko’p emas. Til oqimtir karash bilan qoplanishi mumkin. Qorinni palpatsiya qilib ko’rilganda to’sh osti sohasida og’riq qayt qilinadi, biroq ayrim hollarda og’riq bo’lmaydi. Aksariyat surunkali gatrit qorin bo’shlig’idagi boshqa a’zolarning potologik buzilishi bilan o’tadi va bu holda yangi klinik belgilar paydo bo’ladi. Kasallikka o’t ajratuv tizimi jalb etganda o’ng qovurg’alar ostida og’riq va o’t yo’llari kasalliklariga aloqador belgilar aniqlanadi. Kolit rivojlanganda yo’g’on ichak yo’li bilan og’riq bo’ladi. Download 484 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling