Ichki kasalliklar ma’r


Download 484 Kb.
bet56/62
Sana17.06.2023
Hajmi484 Kb.
#1520505
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62
Bog'liq
684 Ichki kasallikl

Patogenezi. Gastrit rivojlanishida ekzogen va endogen sabablarning uzoq vaqt ta’sir etib turishi kuzatiladi.
Gastrit rivojlanishida qatnashadigan muhim omil me’daning harakat vazifasining buzilishi hisoblanadi. U me’da mushak pardasini tonusining yo kuchayishi, yoki keskin pasayishi bilan o’tadi. Har ikkala holda ham ovqat hazm qilish jarayoni o’zgaradi va me’da shilliq pardasi yallig’lanib, o’zgarib, vaqt o’tishi bilan surunkali xarakter oladi.

  1. Me’da devori hujayralarida xlorid kislota ishlab chiqarishning buzilishi, harakat va evakuator vazifasining, me’da devorida qon aylanishining buzilishi me’dada o’zgarishlarga olib keladi.

  1. Ko’p ishlanishi natijasida vodorod, ioni ko’payib, sulfatazaning aktivligini susaytiradi, sulfataza me’da shirasi tarkibining buzilishiga olib keladi.

  2. Harakat va evakuator vazifasining buzilishi: a) og’riq paydo bo’lishiga; b) me’da va ichak dispepsiyasi simptomlariga; v) me’da shirasining buzilishiga olib keladi.

Shunday qilib, me’daning harakati va evakuator vazifasining buzilishi, o’n ikki barmoq ichak ishirasining me’daga otilishi kuzatilib, unda oshqozon osti bezining shirasi va o’t kislotasi me’dada sof vodorod ioni hosil bo’lishini kuchaytiradi. Bu esa me’da shirasi ajralishini susaytiradi, uning vazifasini pasaytiradi, natijada me’da shilliq pardasini tubdan o’zgartiradi. Me’da shilliq osti qavatida arteriya va vena tomirlar orasida qo’shimcha yo’l ochilib, bu esa me’da devorining kamqonligiga olib kelib, uning regenator vazifasini buzilishiga olib keladi.
II. Epitelial bezlar regeneratsiyasining buzilishi surunkali gastritning rivojlanihida asosiy rol o’ynaydi. Boshqa hamma hollar egzogen va endogen sabablarning, me’da shilliq pardasining jarohatlanishi natijasidir. Kasallik rivojlanishida shilliq parda ostida shish va yallig’lanish vujudga keladi. Surunkali gastritda me’da shilliq qavatining tarkibi o’zgaradi, plazmatik to’qimalar kuchayib, qalin to’qimalar kamayadi.

Download 484 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling