Ichki kasalliklar


O’tkir  gastrit.  Etiologiyasi  va  patogenezi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

O’tkir  gastrit.  Etiologiyasi  va  patogenezi.  Kasallikka  asosan 

ovqatlanish  rejimining  buzilishi  sabab  bo’ladi.  Tartibsiz  ovqatlanish,  ovqat 

tarkibining sifatsiz bo’lishi, spirtli ichimliklarni suiste’mol qilish kasallikning 

paydo bo’lishiga qulay sharoit yaratadi. O’tkir gastrit dori-darmon va boshqa 

narsalarga nisbatan o’ta sezuvchanlik (allergiya) tufayli ham vujudga kelishi 

mumkin.  O’tkir  gastritning  patogenezi  me’daning  sekret  ishlovchi  hamda 



motor  funksiyasining  buzilishi  oqibatida  ro’y  berib,  ovqat  hazm  qilish  va 

uning ichakka so’rilishi izdan chiqadi. 

 

Belgilari.  O’tkir  gastritda  me’da  osti  sohasida  og’riq  paydo  bo’ladi, 

bemorning ko’nli aynib, qayt qiladi, darmonsizlanadi. Badbo’y qusuqda hazm 

bo’lmagan oziq moddalar qoldiqlari, ba’zan o’t bo’ladi. Bemorning ishtahasi 

yo’qoladi;  rangi  o’chib,  puls  tezlashadi.  Tili  kul  rang  karash  boylaydi. 

Palpatsiya qilinganda ko’krak osti sohasida og’riq bo’ladi. Kasallikning og’ir 

formasida bemorning temperaturasi ko’tariladi (38-39%), sovuq ter bosadi, eti 

uvishadi.  Tili  karash  boylab,  so’lak  oqadi.  Arterial  qon  bosimi  pasayadi, 

siydik miqdori kamayadi, ich qotadi. Bemor labida toshmalar paydo bo’ladi. 

Ba’zan kollaps holati ro’y beradi. 

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling