Ichakning yallig’lanish kasalliklari
Ingichka ichakning yallig’lanishi-enterit va yo’g’on ichakning
yallig’lanishi-kolit deyiladi. Biroq ko’pincha ingichka ichak bilan yo’g’on
ichak baravar yallig’lanadi, buni enterokolit deb yuritiladi. Butun ichak yoki
uning bir qismi yallig’lanishi mumkin. Kasallikning kechishiga qarab, o’tkir
va xronik yallig’lanish ajratiladi. O’tkir yallig’lanishda kasallik to’satdan
boshlanib, tezroq tugaydi. Xronik yallig’lanish esa oylab, hatto yillab davom
etishi mumkin.
Enterit
Enterit ko’pincha ovqat hazm qilish protsessi izdan chiqib, bemorning
ahvoli og’irlashishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |