Ichki kasalliklar


O’tkir enterit. Etiologiyasi va patogenezi


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

O’tkir enterit. Etiologiyasi va patogenezi. O’tkir enteritning etiologik 

faktorlaridan  biri  sifatsiz  oziq-ovqat  mahsulotlarini  is’temol  qilishdir. 

Kasallikka  ichakning  o’tkir  yuqumli  kasalliklari  (ich  terlama,  paratif), 

shuningdek, zaharli moddalar (margimush, simob, yod salitsilat, ba’zi sanoat 

korxonalaridan  chiqadigan  zaharli  gazlar  va  hokazolar)  bevosita  sabab 

bo’ladi.  Bundan  tashqari,  me’da  osti  bezi  sekretor  funksiyasining 

yetishmovchiligi  ham  kasallikning  paydo  bo’lishida  muhim  o’rin  tutadi. 

Kasallik aksari yoz-kuz oylarida uchraydi.  



Belgilari.    Kasallik  to’satdan  boshlanadi.  Dastlab  xuruj  tarzida  kindik 

atrofida og’riq paydo bo’lib, qorin quldiraydi, ich tez-tez  va suyuq keladi. 

(sutkada  5-8  marta),  axlat  badbo’y  bo’ladi,  bemorning  ko’ngli  aynib, 

qayt  qiladi,    ishtahasi  yo’qoladi,  og’zidan  sassiq  hid  kelib,  tili  qurib  karash 

boylaydi. Sutka davomidagi siydik miqdori kamayib, konsentratsiyasi oshadi. 

Puls tezlashadi, kasallikning og’ir formasida arterial bosim pasayib, kollapsga 

qadar borib yetadi.  Bemorning rangi oqaradi, labi qurib qoladi. Qo’l-oyog’i 

sovib tortishadi, organizmda tuz miqdori kamayishi va suvsizlanishdan boldir 

muskullarida og’riq paydo bo’ladi.  Gavda temperaturasi ko’tarilishi mumkin. 

O’tkir  enterit  bilan  og’rigan  bemorlarga  o’z  vaqtida  davo  qilinsa,  ular 

sog’ayib ketadi. Biroq u xronik enteritga aylanishi ham mumkin.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling