Ichki kasalliklar


Oldini  olish  va  davolash


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Oldini  olish  va  davolash.  Kasallikning  oldini  olish  birinchi    navbatda 

turmush  sharoitiga,  mehnat  va  ovqatlanish   gigiyena  qoidalariga    to’la  rioya 

qilishdan  iborat.    Xronik    kolit  bilan  og’rigan    bemorlar  uzoq  vaqt 

kasalxonada  davolanadi.    Kasallik  belgilari    yaqqol  namoyon  bo’lsa,  №  4 

parhez  stoli  buyuriladi.    Bemorlarga  asosan  yolg’iz    go’shtli  qaynatma 

sho’rva, kuniga bir dona tuxum,  asidofilli  sut,  ezilgan yangi tvorog, kuniga 

40-50g    sariyog’,    oq  non  suxarisi,  manniy  bo’tqasi,  kisel,  smorodina  va 

boshqalar beriladi. Taomlar C vitaminga boy bo’lishi kerak. Bemor kuniga 5 

marta ma’lum soatlarda ovqatlanishi kerak.  

 

Dori-darmonni  to’g’ri  ichak  orqali  klizma  qilish  yaxshi  natija  beradi. 



Bunda    marvaridgulning  qaynatmasiga  kraxmal  qo’shib  klizma  qilinadi. 

Bundan  tashqari,  ichni  ravon  keltirish  va  og’riqning    oldini  olish  maqsadida 

turli  moyli  klizmalar  ham  buyuriladi.  Subakval  vanna,  har  xil  fiziterapevtik 



protseduralar  (balchiq  applikatsiyasi,  elektroterapiya,  xvoy  vannasi)  yaxshi 

netija  beradi.  Allergik  kolitda  bemorlarga  dimedrol,  pipolfen    ichiriladi. 

Gormonal  preparatlardan  AKTG,  prednizolon  beriladi,  qon  quyiladi. 

Antibiotiklardan  livomitsitin,  biomitsin,  sulfnilamidlardan  sulgin,  ftalazol 

buyuriladi.  Dori  foyda  bermasa,  ayrim  hollarda  operatsiya  qilinishga  tog’ri 

keladi.  




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling