Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Gipoglikemik koma 

Gipoglikemik koma qonda qand miqdori kamayishi, shuningdek, qandli 

diabetni davolashda insulin dozasini oshirib yuborish natijasida paydo bo’ladi. 

Kasallik  to’satdan  boshlanishi  bilan  xarakterlanadi.  Bemor  o’zida  ochlik 

sezadi.  Umumiy  darmonsizlik,  terlash,  oyoq-qo’l,  badan  titrashi,  yurakning 

qattiq  va  tez-tez  urishi,  arterial  bosimning  pasayishi,  puls  tezlashishi,  qonda 

qand kamayib ketishi kabi holatlar kuzatiladi.  

 

Gipoklikemik komaning diabetik komadan farqi: 1) gipoglikemik koma 



to’satdan  paydo  bo’ladi;  diabetik  komada  qon  va  siydikda  asta-sekin  qand 

ko’payadi  va  bemor  siydigi  bilan  atseton    tanachalari  ajraladi,  gipoklikemik 

komada  esa  bu    belgilar  kuzatilmaydi  (qon  va  siydikda  qand  bo’lmaydi). 

Bemorga   tezda yengil hazm bo’ladigan uglevodlar:  30-50g qand, murabbo, 

asal, konfetlar, pechenyelar beriladi. Bemor hushudan ketgan bo’lsa, venaga 

20-40  ml  40%  li  glyukoza  eritmasi  inyeksiya  qilinadi.    Bundan  tashqari,  teri 

ostiga  0,01  normaga  kelishiga  imkon  beradi.  Gipoklikemik  koma  tez  orada 

o’tib  ketishi  mumkin.    Agar  gipoklikemik  komani  diabetik    koma  bilan 

almashtirib  yuborib,  bemorga  insulin  berilsa,    u  halok  bo’lishi  mumkin. 

Shuning  uchun  hamshira  insulin  oluvchi  bemorlar  ahvolini  diqqat-e’tibor 

bilan kuzatib borishi,  gipoklikemiyaning dastlabki belgilari ko’rinishi bilanoq 

vrachga xabar berishi lozim. 

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling