Ichki kasalliklar


Qandli  diabetni  davolash  va  oldini  olish


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Qandli  diabetni  davolash  va  oldini  olish.    Kasallikni  davolashda 

parhez  asosiy  o’rinni  egallaydi.  Bemor  parhezga  rioya  qilsa,    insulinsiz  va 

qandli  diabetga  qarshi  dorilar  qabul  qilmasa  ham,  ko’pincha  ahvoli 

yaxshilanib ketadi. 




 

Qandli diabetni davolashda asosiy dori-insulin. Gipoklikemik komaning 

oldini olish maqsadida insulinni  oz-ozdan berish kerak.  Insulinning sutkalik 

miqdori  bemorning  ahvoliga  qarab    tayinlanadi  va  davolash  boshida    20-30 

birlik ovqatdan  15-20 minut oldin teri ostiga yuboriladi.  Kieyinchalik zarur 

bo’lib qolsa, siydik va qondagi qand miqdorini  hisobga olib,  insulin dozasi 

oshiriladi.  Inyeksiyadan so’ng bemor uglevodga boy va oqsil moddasi normal 

taomlar iste’mol qilishi lozim. Bemor ahvoli yaxshilana boshlagandan so’ng 

inyeksiya  soni    va  insulin  dozasi  asta-sekin    kamaytirilib,  ovqatda  yog’ 

miqdori oshiriladi.  

 

Qandli  diabetni  davolashda  oddiy    insulindan  tashqari  insulin 



preparatlari:  protamin-rux-insulin,  insulin  rux-suspenziya  ishlatiladi.  Ular 

ta’siri  24  soatgacha  saqlanib  qolishi  sababli,  sutkada  bir  marta  muskullar 

orasiga  yuboriladi.    Bu  preparatlarni  ba’zi  insulin  bilan  birgalikda  ishlatish 

mumkin.  

 

Keyingi  yillarda  qandli  diabetga    qarshi  har  xil  dorilar  (restinop, 



butamid, srabit) ishlab chiqildi. Ular bemorllarga ichiriladi.  

Qandli  diabetning  oldini  olish  kasallikni  keltirib  chiqaradigan  va  uning 

rivojlanishiga    sabab  bo’ladigan  omillarni  bartaraf  etishdan  iborat.  Bemor 

charchab  qolmasligi,  ish  sharoitini  yaxshilash  kerak.  Ovqat  mahsulotlarida 

uglevodlar  me’yorida    bo’lishiga  e’tibor  berish  zarur.  Qandli  diabet 

kasalligiga uchragan bemorlarga kasallik yechimi haqida tushuncha berish va 

diabetik hamda gipoglikemik komaning boshlanish belgilarini bildirib qo’yish 

komaning oldini olishda va davolashda katta ahamiyatga ega.    

 

 

 



  

 

 



 

 

 




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling