Profilaktikasi. O’tkir va xronik bronxitning kelib chiqishiga yo’l
qo’ymaslik uchun havoning ifloslanishi, grippning oldini olish, chang zararli
gazlardan tozalash choralarini ko’rish, jismoniy tarbiya va sport bilan
muntazam shug’ullanish, tanani chiniqtirish, burun halqumini sog’lom tutish,
spirtli ichimliklar ichish, chekish kabi yaramas odatlarga qarshi kurashish
kerak. Profilaktika maqsadida ayerozol va elektroayerozol davolash usuli
ham o’tkaziladi.
ZOTILJAM
Bu o’pka
yallig’lanishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. O’tkir
zotiljam nafas olish a’zolari kasalliklari orasida ko’p uchraydigan, asosan,
o’pka to’qimalar (alveola, oraliq to’qima, mayda qon tomirlari)ning o’tkir
yallig’lanishi bilan kechadigan kasallikdir.
O’tkir zotiljam bilan har qanday yoshdagi odam kasallanishi mumkin.
Ammo bu kasallik yosh bolalar va qariyalar orasida ko’p uchraydi. Agar
kasallik o’z vaqtida aniqlanmasa, to’g’ri davolanmasa, har xil og’ir asoratlarni
keltirib chiqarishi, hatto o’limga olib kelishi ham mumkin.
Sabablari.
Bakteriyalar,
viruslar,
mikoplazmalar,
rikketsiyalar,
zamburug’lar, allergiya, fizik va kimyoviy omillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |