Allergiya simptomlari va ularni davolashda farmatsevtik yordam


Download 160.44 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi160.44 Kb.
#1179423
Bog'liq
ALLERGIYA SIMPTOMLARI VA ULARNI


ALLERGIYA SIMPTOMLARI VA ULARNI DAVOLASHDA FARMATSEVTIK YORDAM
Reja:

1.Allergik kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, kechimi.
2.Allergiyaga qarshi dori vositalarining tasnifi, farmakologik xususiyatlari. N
gistaminoblokatorlar va steroid tuzilishga ega dori vositalari.
Er kurrasida aholining 1/5 qismi allergiya kasalligi bilan jarohatlangan. Allergiya
kasalligi nafaqat keng tarqalgan, balki hozirgi kunda keng miqyosda ko‗payib
bormoqda.
Aslini olganda bu kasallikni allergologlar ko‗rib davolashi kerak edi. Ammo
ko‗pchilik holatlarda davolovchi shifokorlarga klinik farmatsevtlar bilan birga bu
kasallikni ko‗rish va davolashga to‗g‗ri keladi.
Umuman «allergiya» atamasi 1960 yilda C. Pirguet tomonidan tibbiyotga
kiritilgan bo‗lib, unda organizmni antigenga nisbatan giper- va gipo- refaol javob
berishi ko‗zda tutilgan edi.
SHunday qilib, «Allergiya» yunoncha «allos» boshqa, o‗zga, begona, «ergon»–
ta'sir so‗zidan olingan bo‗lib, atrof-muhitdagi biror moddaga, ya'ni allergenlar deb
ataluvchi ba'zi omillarga organizmning o‗ta sezgirligidir.
Allergiya juda qadimdan ma'lum. Ba'zi ovqatlarga nisbatan badanga eshakem
toshishini Gippokrat miloddan avval 4–5 asr oldin, gul hidiga nisbatan ba'zi odamlarda
tumov bo‗lishini Galen (2 asr oldin), o‗simliklar changiga nisbatan isitma ko‗tarilib
dimiqish paydo bo‗lishini XIX asr olimlari yozib qoldirishgan. YUqoridagilarga
asoslangan holda aytish mumkinki, allergiya organizmning refaolligini o‗zgargan
holati bo‗lib, unda organizmni yuqori darajada immunologik sezuvchanligi oshgan,
turli xil ekzogen hamda endogen moddalarga nisbatan sezuvchanligi kuchaygan
bo‗ladi.
Turli iqtisodi rivojlangan davlatlarda yashayotgan insonlarning 10% idan 30%
gachasi allergiya bilan jarohatlangan. Masalan; Rossiyada allergiya kasalligi 5% dan
20% gacha tarqalgan. JSST ning bergan ma'lumotiga qaraganda allergik
kasalliklardan: bronxial astma, anafilaktik shok va o‗tkir toksiko-allergik
jarayonlardan nobud bo‗layotgan insonlarning soni kundan-kunga ortib ketmoqda.
SHuning uchun ham allergik kasallik jahon aholisining 15–20% da qayd etilmoqda.
Allergik jarayonlar allergik kasallikning rivojlanishi bilan aniqlanadi, allergik
jarayonning rivojlanish tezligi va ta'sir mexanizmi bilan klassifikatsiyalanadi, masalan;
tez (15–20 daqiqada) va sekin (bir necha kunda) yuzaga chiquvchi allergik jarayonlar.
Ta'sir mexanizmi bo‘yicha allergik jarayonlar 4 tipga bo‘linadi:
▪ I tip–reagenli allergik jarayon, bunda bazafil va semiz hujayralar yuzasiga
joylashib olgan allergenlar shu hujayralardan allergik jarayonsini yuzaga chiqaruvchi
mediatorlarning chiqishini kuchaytiradi.
▪ II tip–sitotoksik allergik jarayonlar, bunda allergenlar turli hujayralar bilan
birikib, komplementlar ishtirokida hujayralarning butunligi buziladi va allergik
jarayonlar yuzaga chiqadi.
▪ III tip–immunokompleksli allergik jarayonlar, bunda mikroblar va virusli
antigenlardan yuzaga kelgan immunli komplekslar, organizmda sirkulyasiya qilib
yurgan antitelalar bilan birga allergik va autoallergik jarayonlarni keltirib chiqaradi,
gistaminlar ko‗plab chiqadi.
▪ IV tip–sekinlik bilan yuzaga chiquvchi yuqori darajadagi allergik jarayonlar,
bunda allergenlar bilan T-limfatsitlarning o‗zaro ta'siridan sensibilizatsiya holati
yuzaga keladi. Allergenlar organizmga birlamchi tushganda, ular rivojlanib,
proliferatsiyani kuchaytiradi va effektor hujayralarni differinsiyalli boshqarishi ishga
tushadi. Natijada qaytadan shu allergenlar organizmga tushganda allergik jarayonlar
yuzaga chiqadi.
YUqoridagilardan kelib chiqkan holda allergik kasalliklarni aniqlashda
bemorning allergologik anamnezi va laboratoriya tahlillarining natijalari asosiy rol
o‗ynaydi. SHuni ham aytib o‗tish kerakki, har bir tip allergik jarayonlarni aniqlash
uchun alohida-alohida laboratoriyada o‗tkaziladigan maxsus test-tahlillari mavjud. Bu
testlarni maxsus allergologik markazlarda va mutaxassislar tomonidan o‗tkaziladi.
Allergik kasalliklarning butun dunyo bo‗yicha keng tarqalib borishiga sabab
antibiotiklar, boshqa sintetik dorilar, materiallar, bo‗yoqlar va boshqalarni keng
qo‗llamda ishlatilishidir. Demak, turli xil moddalar allergiyaga sabab bo‗lmoqda. Bu
moddalarning ba'zilari organizmga tashqaridan kirsa (ekzogen allergenlar), ba'zilari
organizmning o‗zida hosil bo‗ladi (endogen allergenlar). Bularga autoallergenlar
deyiladi.
Ekzogen allergenlar noinfeksion va infeksion bo‘lishi mumkin.
1. Noinfeksion allergenlarga:
uy changi, xayvonlar juni, dori preparatlari, kimyoviy moddalar, gul va o‗simlik
changlari, turli xil masalliqlar kiradi.
2. Infeksion allergenlarga:
bakteriyalar, viruslar, zamburug‗lar va bularning faoliyatidan hosil bo‗lgan
mahsulotlar kiradi.
Ekzogen allergenlarga quyidagilar kiradi:
Biologik allergenlar bakteriya, viruslar, zamburug‗lar, geldaqiqatlar va zardob-
vaksina preparatlari. Bularni boshqachasiga infeksion-allergik kasalliklar deb ataladi.
Bularda ya'ni gijjalarda modda almashinuvida va ular halok bo‗lganida yuzaga
chiqadigan mahsulotlar allergiyani keltirib chiqarishi mumkin.
Dori allergenlari amalda har qanday dori preparatlari allergiyaga sabab bo‗lishi
mumkin. Masalan; antibiotiklar, vitaminlar, sulfanilamidlar, navokain va uning
unumlari, ayniqsa penitsillin.




Download 160.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling