Kasallik belgilari. O’tkir bronxit quruq yyo’tal bilan boshlanib, bemor
o’zini noxush sezadi, yo’talganida ko’kragi og’riydi, eti uvishadi, ishtahasi
pasayadi, nafas olishi qiyinlashadi, uyqusi notinch bo’ladi, isitmasi ko’tarilib,
8-14 kun davom etadi. Auskultatsiya qilinganda ko’pincha bronxial shilliq
qavati bo’rtganligi sababli nafas olish qattiqroq eshitiladi. Bronxlar shilliq
qavat bilan berkilib qolgan bo’lsa, nafas olish susayadi. Yirik bronxlar
zararlanganda, xirillash eshitiladi. Bronxlardan ko’p ekssudat (qonning suyuq
qismi) chiqqanda ho’l, xirillash tovush eshitilishi mumkin.
Davolash. Bemorning harorati yuqori bo’lsa, o’rinda qimirlamay yotish
buyuriladi. Uch mahal 0,5 g dan aspirin ichish tavsiya etiladi. Juda ko’p iliq
ichimlik ichib turish aytiladi. Oyoqqa issiq kompress qilinadi. Orqada banka
yoki gorchichnik qo’yiladi. Yo’talni yengillashtirish maqsadida iliq sutni
borjomi ma’danli suv bilan aralashtirib, yoki ichimlik soda bilan birga ichish
tavsiya etiladi. Basharti, yo’talganda ko’krakda kuchli og’riq paydo bo’lsa,
sodaga kodein, dionin, aralashtirib beriladi. Yo’talganda balg’am ko’chishi,
qiyin bo’lgan hollarda, balg’anm ko’chiradigan termopsis, altey ildizi
damlanadi, malina choy, sholg’omli sho’rva, behini dimlab beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |