Ichki kasalliklar


Davolash  va  oldini  olish


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Davolash  va  oldini  olish.    O’t  sanchig’ining    xurujida  bemorga  orom 

beriladi  va  teri  ostiga  morfin,  omnopon  yoki  promedol  yuboriladi.  Ba’zan 

morfin  atropon  bilan  birga  inyeksiya  qilinadi.  Jigar  sohasiga  iliq  kompress 

yoki  grelka  qo’yiladi.  Penitsilin,  streptomitsin,  monomitsin,  oleandomitsin, 

oletitrin  kabi  antibiotiklar  yaxshi  natija  beradi.    Ba’zan  eufillin  bilan 

glyukozani  qo’shib,  ehtiyotlik  bilan  venaga  yuboriladi.  Yurak  faoliyati 

susaygan taqdirda kordiamin, koffein, kamfaralarning biri inyeksiya qilinadi. 

Teri holatiga alohida e’tibor berish zarur.  

 

Ovqat  va suyuqlik ham bemor ahvoliga qarab maromida beriladi. (№5 



va  №6  stol).  Ich  qotib  ketsa,  magneziy  sulfat  eritmasidan  surgi  qilinadi. 

Keyingi  davolash  choralari  gepatit  va  xolesistitdagi    kabi.  Og’riq  xurujlari 

orasida bemorga o’simlik va sut mahsulotlaridan tayyorlangan parhez taomlar 

buyuriladi.  Ichak  faoliyati  nazorat  qilib  turiladi.    Ishqoriy  suvlar  (Borjomi, 

Essentuki)  mineral  xolesistitni  davolashdagiga  o’xshash  bo’lib,  bemor 

kurortlarda  (essentuki,  Borjomi)  davolanadi.  Agar  o’t  sanchig’i  tez-tez 

takrorlansa,    xirurgga  murojaat  qilish    kerak.  Xolesistit  va  xolangitni  o’z 

vaqtida  davolash,  ichakning  normal  ishlashi,  parhezga  rioya  qilish  o’t  toshi 

kasalligini  oldini olishning muhim omillaridandir. 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling