Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Belgilari  va  kechishi.    Katta  yoki  kichik  hajmdagi  bo’shliqda  balg’am 

yig’ilib,  aksariyati  yiringli  yoki  shilimshiq-yiringli  bo’ladi.  Shu    sababli  bu 

kasallik    o’pka  yiriglashiga  juda  o’xshab  ketadi.  Odatda  bemorlar  nahorda 

qattiq  yo’talib,    ko’p  balg’am  tashlaydi  (1  kunda  to  1  litrga)cha.  Kasallik 

asosan  uch  bosqichda  kechadi.  Oxirgi  bosqichda  chirindi  bakteriyalar  paydo 

bo’ladi,  natijada  balg’amdan  chirindi  bakteriyalar  anqib  turadi.    Aksariyat 

hollarda  qonli  balg’am  tashlash  va  bronxlar  devori  qon  tomirlarining 

yorilishidan    ko’p  qon  tupurish  hollari    ro’y    beradi.  Chirindi  balg’am  hosil 

bo’lishi umumiy zaharlanishga sabab bo’ladi. Natijada  bemornig rang ketib; 

ozayadi;  kasallik  ko’pincha  o’pkaning  pastki  qismida  paydo  bo’lib,  uzoq 

davom  etadi.  Auskultatsiyada  turli  xirillash,  dastavval  yirik  pufakli  xirillash 

eshitiladi.  




 

Asorati.  Bronxoektaziyadan  sepsis,  miya  yiringlashi,  buyrak  kasalligi, 

o’pkadan qon ketishi, kabi asoratlar qolishi mumkin. 

 

Davolash.  Kasallikning  dastlabki  davrida  asosiy    tadbirlar  o’pkada  

yallig’lanish jarayonida sodir bo’lishining oldini olish va tananing kasallikka 

qarshi  quvvatini oshirishga  qaratilgan.  Bemor  turmush  va  ish  tartibiga    qatiy 

rioya  qilishi,  shuningdek,  qora  dengiz  sohilidagi  sanatoriyalarda  davolanishi 

yaxshi  natija  beradi.    Bronx  bo’shliqlarining  balg’amdan  tozalanishini 

yaxshilash  maqsadida  bemor  boshini  past  qilib  yotqiziladi.  Buning  uchun 

karavotning    oyoq  tomoni    balandroq  ko’tarib  qo’yiladi.  Traxeya  ichiga 

pinitsillin  yuboriladi.  Bronxoskop    yordamida  yiringni  tortib  olib,  bronxga 

pinitsillin  yuborish  mumkin  va  3-8  kun  davomida  har  kuni  6-8  grammdan 

sulfanilamid  vositalari  beriladi.  Bronxektazlarni  jarrohlik    yo’li  bilan  olib 

tashlash  juda  yaxshi  natija  berishi  mumkin.  Ikki  tomonlama    bronxoektazda 

jarrohlik usul qilish mumkin emas.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling