Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

(5)  Fizioterapiya 

muolajalari–issiqlik, 

spazmolitik, 

sedativ 

(tinchlantiruvchi)  ta’sir    ko’rsatadi,  o’t  hosil  bo’lishini  va  ajralishini 

kuchaytiradi.  O’ng  qovurg’a  osti  sohasiga  isitqich  (yaxshisi  elektrik), 

parafin,  ozokerit,  davoli  balchiq,  qum  applikatsiyasi,  induktotermiya, 

URCh  va  SVCh  toklari,  magniy,  papaverin,  elektroforezi,  ultratovush 

qo’llaniladi.  Og’riq  xurujlari  to’xtagandan  so’ng  mahalliy  sihatgohlarda 

(“Chinabod”, Sari-Og’och, Chortoq) davolanishsamarali natija ko’rsatadi. 

(6)  Jarrohlik  usuli  bilan  davolash  kasallik  tez-tez  qo’ziganda  va 

konservativ davo choralari naf bermaganda qo’llaniladi. 



(7)  Xalq  tabobati.  O’t  haydovchi  vosita  sifatida  qo’yidagi  giyohlardan 

foydalaniladi. 



(a) 

krijovnik  mevasidan  1  osh  qoshiq  miqdorda  olib,  ustiga  1  stakan 

qaynab    turgan  suv  solinadi  va  10  daqiqa  ohista  qaynatiladi,  suzib,  ¼ 

stakandan ovqatlangandan 1 soat o’tgach 4 mahal ichiladi



(b) 

10  g  jo’xori  popugi  yoki  15g    qumloq  bo’zg’oniga  1  stakan  

qaynoq  suv  o’yib,  termosda  12  soat  dimlanadi,  suzib  1  osh  qoshiqdan 

ovqatdan oldin kuniga 4-5 marta iste’mol qilinadi. 




(v) 

15 g quruq dalachoy o’simligini 1 stakan qaynab turgan suvga 

solib,  15  daqiqa  qaynatiladi,  so’ngra  tindirib,  2-3  osh  qoshiqdan 

ovqatdan yarim soat o’tgach 3 mahal qabul etiladi. 



(g)  2  choy  qoshiq  qoqi  (momaqaymoq)  ildizi  yoki  tanasiga  1  stakan  

qaynoq suv quyib, 1 soat dimlab qo’yiladi, so’ngra suziladi va ¼ stakan 

ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin 3 mahal ichiladi. 

(d)    zirk  buymadaron,  achchiq  shuvoq,  yalpizdan  30  grammdan  olib, 

aralastiriladi va yig’maning 2 osh qoshig’i 2 stakan qaynoq suv solib, 15 

daqiqa davomida sekin qaynatiladi, ½ stakan ovqatdan 30 daqiqa oldin 3 

mahal ichiladi. 

 Agar bemorni qabziyat bezovta qilsa, najasni suyultiradigan shifobaxsh 

giyohlar 

tavsiya 

etiladi: 

jujmrut-20, 

oqqayin-15, 

binafsha-30, 

marjondaraxt-15,  arpabodiyon-15,  qizilmiya  20.  Bu  yig’madan  1 

oshqoshiq  olib,  1  stakan  qaynab  turgan  suvni  solib,  1  daqiqa  sekin 

qaynatiladi, tindirib, ½ stakandan keyin 2 mahal ichish zarur.  




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling