9.Davosi.
(1) Davolash tartibi.
(a)
ambulatoriya
usuli-xastalik
belgilari
yengilroq
(deyarli
ifodalanmagan) bemorlarga tavsiya qilinadi.
(b)
Statsionar usuli-6 soatdan ortiq jigar sanchig’i, zaharlanish
belgilari va sarg’ayish kuzatilgan bemorlarga buyuriladi.
(2)
Parhez. Ovqatlanish oz-oz miqdorda, tez-tez (kuniga 56 marta)
bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Taom kam kaloriyali, qaynatilgan, bug’da
pishirilgan bo’lib, tarkibida ko’p miqdorda o’simlik kletchatkalari,
vitaminlar, ayniqsa C-vitamin, kam miqdorda oqsil va yog’, aksariyat
o’simlik yog’i, saqlanishi lozim. Yog’li, qovurilgan, dudlangan sho’r
ovqatlar, alkogol ichimliklar iste’moli man qilinadi.
(3) Farmakoterapiya.
a. Xolelitolitik moddalar-pes os (xolesterinli toshlarda samarali)
(a) ursodezoksixolat kislotasi (urzofalk)-8-10 mg/kg dan kuniga 2-3
marta uzoq vaqt davomida (2 yilgacha).
(b) Xenodezoksixolat kislotasi (xenofalk)250 mg dan kuniga 2 marta
davomida, keyin dori miqdori oshiriladi-kuniga 250 mg gacha, ya’ni kuniga
13-15 mg/kg vaznga (noxush ta’sir sezilguncha)-1 yilgacha iste’mol qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |