va o’ng kurak, o’mrov suyagi, ensa, o’ng yelkaga tarqaladi. Bemor jismonan
zo’riqqanida, sovqotganida, asabiy-ruhiy istiroblarni boshdan kechirganida
og’riqlar zo’rayadi, xuruj holatini oladi. O’g’riqning jadalligi yallig’lanish
jarayonining ifodalanish darajasiga va davomliligiga bog’liq. Kasallik
ba’zida og’riqsiz ham kechishi mumkin. Bunda bemor ovqatlangandan 1-3
soat o’tgach o’ng qovurg’a ostida yoki epigastral sohada bosim sezadi.
(2) Ko’pincha dispepsiya o’zgarishlari kuzatiladi: ishtaha pasayadi, og’iz
bemaza yoki taxir bo’ladi, ko’ngli aynib qusadi, kekiradi, qayt qilganda
bemorning ahvoli yengillashmaydi, qorin dimlanadi, qabziyat ich ketishi bilan
almashinib turadi, asta-sekin bemorning umumiy ahvoli o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: