Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Birinchi  tibbiy  yordam.  Hushdan  ketgan  bo’lsa,  sof  havodan    nafas 

olishni  ta’minlash  uchun  derazalar  ochiladi.  Ust  kiyimini  ko’krak  va  bo’yin 

sohasidagi  tugmalari  yechiladi.  Bemorning  bosh  miyasiga    qon  oqishini 

yaxshilash  maqsadida  boshini  past  qilib  yotqiziladi.  Ba’zan  bemorni  hushiga 

keltirish  uchun  yuziga  sovuq  suv  purkab,  nashatir  spirti  hidlatiladi.  Basharti 

bemor  hadeganda  hushiga  kelmasa,    kofein-kamfara  eritmalari  inyeksiya 

qilinadi.  Suniy  nafas  oldiriladi.  Hushidan  ketish  qaytalanishi  mumkin. 

Shuning  uchun  bemor  ahvolini  nazorat  qilib  turish  lozim.  Bemorni  kollaps 

yoki  shok  holatidan  qutqarish  uchun  iliq  xonaga  yotqizish,  oyoq  qo’liga 

grelka  qo’yish,  og’riqni  qoldirish  uchun  narkotkal  (Morfin,  pantopon, 



promedol),  tomir  toraytiruvchi  dorilar  (adrenalin,  efedrin,  noradrenalin, 

mezaton)  beriladi.  So’ngra  markaziy  nerv  sistemasini  qo’zg’atuvchi  dorilar 

(kofein,  strixnin,  kamfara)  buyuriladi.  Shunda  ham  bemor  ahvoli 

yaxshilanmasa, venaga 25% li spirt eritmasidan 30ml yuboriladi.  

Yurak astmasi. 

 

Yurak  astmasi  xurujga  o’xshash  nafas  qisishi  bilan  nomoyon  bo’lib, 



ko’pincha  kechasi  tutadi.  Yurak  astmasiga  gipertoniya  kasalligi,  miokard 

infarkti,  ateroskleroz,  yurakning  aortal  porogi,  o’tkir  nefrit  va  yuqumli 

kasalliklar sabab bo’ladi.  

 

Belgilari. Dastlabki belgisi bemorga havo yetishmay qoladi. Natijada u 

o’tirib oladi va xonaning derazasini ochishga intiladi. Uzoq muddatli xurujga 

teri rangsizlanib, bemor ko’karib ketadi. Yuziga ter tomchilari paydo bo’ladi. 

Nafas  olish  tezlashadi.  Ba’zan  yo’tal  tutadi.  Bemor  quruq  yo’talib  ozroq 

shilimshiq  balg’am  ajraladi.  Puls  tezlashadi.  Yurak  astmasi  ayrim  hollarda 

bronxial  astmadagi  nafas  qisishini  eslatadi.  Shu  boisdan  ularni  bir-biridan 

ajrata bilish zarur.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling