Patologik antomiyasi. Morfologik o’zgarishlar bezning shishishi, hol-hol qon
qo’yilishi, nekroz bo’lishi, biriktiruvchi to’qima o’sib ketishi va bez hujayra
elementlarining asta-sekin atrofiyaga uchrab borishi bilan ifodalanadi.
Bezning ayrim bo’lakchalari orasi ham, ularning ichida ham sklerotik jarayon
avj olib boradi. Kasllikning dastlabki davrida bez bir qadar kattalashadi,
keyinchalik chandiqli o’zgarishlar ham ohaklanish vujudga kelib, zichlashadi
va kichrayadi.
Kilinik ko’rinishi. Xastalik turiga, kechishiga, a’zolar shikastlanish
darajasiga bog’liq bo’lib, qo’yidagi belgilar bilan ifodalanadi.
-Qorinning ustki yarmida simillab turadigan va sanchiqsimon og’riqlar
bezovta qiladi. Agar potologik jarayon asosan me’da osti bezi boshini
zararlasa-og’riq epigastriya sohasining o’ng tomonida, aksariyat va tanasi
shikastlansa-og’riq epigastriya sohasining chap tomonida, jarayon bez dumida
rivojlansa-og’riq chap qobirg’a ostida joylashadi. Og’riq ko’pincha belga
beriladi va qamrab oluvchi xarakterda bo’lib, epigastriya sohasidan qobirg’a
yoyi bo’ylab umurtqa pog’onasiga tarqaladi. Og’riq gohida stenokardiyaga
o’xshab chap kurakka, chap yelkaga yo’nalishi mumkin. Og’riq aksari, ko’p
miqdorda yog’li ovqat yoki ichkilikdan keyin paydo bo’ladi. og’riq
davomiyligi-bir necha soatda bir necha kungacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |