Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Patologik antomiyasi. Morfologik o’zgarishlar bezning shishishi, hol-hol qon 

qo’yilishi, nekroz  bo’lishi, biriktiruvchi to’qima o’sib  ketishi va bez hujayra 

elementlarining  asta-sekin  atrofiyaga  uchrab  borishi  bilan  ifodalanadi.  

Bezning ayrim bo’lakchalari orasi ham, ularning ichida ham sklerotik jarayon 

avj  olib  boradi.  Kasllikning  dastlabki  davrida  bez  bir  qadar  kattalashadi, 

keyinchalik chandiqli o’zgarishlar ham ohaklanish vujudga kelib, zichlashadi 

va kichrayadi. 

Kilinik  ko’rinishi.  Xastalik  turiga,  kechishiga,  a’zolar  shikastlanish 

darajasiga bog’liq bo’lib, qo’yidagi belgilar bilan ifodalanadi.  

-Qorinning  ustki  yarmida  simillab  turadigan  va  sanchiqsimon  og’riqlar 

bezovta  qiladi.  Agar  potologik  jarayon  asosan  me’da  osti  bezi  boshini 

zararlasa-og’riq  epigastriya  sohasining  o’ng  tomonida,  aksariyat  va  tanasi 

shikastlansa-og’riq epigastriya sohasining chap tomonida, jarayon bez dumida 

rivojlansa-og’riq  chap  qobirg’a  ostida  joylashadi.  Og’riq  ko’pincha  belga 

beriladi  va qamrab oluvchi xarakterda  bo’lib, epigastriya sohasidan qobirg’a  

yoyi  bo’ylab  umurtqa  pog’onasiga    tarqaladi.  Og’riq  gohida  stenokardiyaga 

o’xshab chap kurakka, chap yelkaga yo’nalishi  mumkin. Og’riq aksari, ko’p 

miqdorda  yog’li  ovqat  yoki  ichkilikdan  keyin  paydo  bo’ladi.  og’riq 

davomiyligi-bir necha soatda bir necha kungacha. 




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling