nefrat, ko’ngil aynishi va qusish, so’lak oqishi, qorinning dam bo’lib turishi
pankreatitning yengil holatida naja deyarli o’zgarmaydi, ich surishining ich
qotishi bilan almashinib turishi kuzatiladi. Najas qo’llansa hidli, kulrang
bo’tqasimon bo’lib, unda bir talay yog’ (steatoriya-“yog’li najas”) va hazm
bo’lmagan mushak tolalari (kreatoriya) bo’ladi.
-Me’da osti bezining tashqi sektori, faoliyati yetishmovchiligi, hazm qilish
ichakda so’rilishi jarayonining buzilishi natijasida oriqlash rivojlanadi. Bunga
yana ishtahaning yo’qolishi ko’maklashadi.
-Ko’p hollarda me’da osti bezi endokren apparatining buzilishlari
kuzatiladi. Aksariyat karbon suv modda almashinuvi buzilishi birlamchi
pankreatitda vujudga keladi. Pankretit diabetida o’ziga xos xususiyatlar
mavjud: og’ir darajadagi holat juda kam uchraydi, ketonuriya kuzatilmaydi,
diabet komasi rivojlanmaydi. Bunda diabet odatda pankreatit belgilari paydo
bo’lgandan 1-3 yil o’tgach vujudga keladi. Qonda va siydikda qand
miqdorining ko’payishi patologik jarayon zo’rayishi bilan bog’liqdir.
-Ko’rishda shishib kattalashgan me’da osti bezi bosh bilan umumiy o’t
yo’lining bosilishi natijasida ba’zan badan terisi va ko’zning oqi (sklerasi)
sarg’ayibroq turgani, qorin terisi ostida qon qo’yilib, qolgani aniqlanadi.
-Qorining chuqur paypaslaganda me’da osti bezi sohasida og’riq seziladi.
Qorin devori yupqalashgan oriq bemorlarda gohida me’da osti bezi yo’g’on
qayish ko’rinishida qo’lga ushlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: