Ichki kasalliklar
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
ichki kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- NEVRASTENIYA
NEVROZLAR
(Isteriya, nevrasteniya, bir xayollik) eson-omon o’tib ketadigan kasalliklar gruppasi bo’lib, oliy nerv faoliyatining vaqtincha (qaytar tartibda) buzilib turishidan kelib chiqadi. Nevrozlar psixikaga zarar yetkazuvchi vaj sabablar (psixogeniyalar) oqibati o’laroq paydo bo’ladi. Nevrozlar jumlasiga isteriya, nevrasteniya va bir xayollik holatlaridan bo’ladigan nevroz kiradi.
zo’riqib yurish natijasidir. Nevrasteniya ko’pincha ichki yoki yuqumli kasalliklar vaqtida yoki intoksikasiyalar mahalida paydo bo`ladi. Odamning serzarda va besaranjomligi bilanbir qatorda salga chrchab, darmoni qurib qoladigan bo`lishi nevrosteniya uchun xarakterlidir. Bemorlar uyqusi yomonligidan ortiqcha qo`zg`aluvchan,salga yig`layveradigan bo`lib qolganidan boshida odatda ambulatoriyada davo qilinadi. Bir xayollik. Bu shunday bir holatki, bunda bemorda uning o’z istagidan tashqari g’ayri ixtiyoriy su’ratda potologik o’y fikrlar, mayl va harakatlar paydo bo’ladi, ayni vaqtda bemor ularning be’mani harakatlar ekanligini yaxshi bilib turadi. Masalan, bemorda hech xayoldan ketmaydigan poyezd tagiga tashlanish istagi paydo bo’ladi, baland joydan yiqilib tushaman, tanosil kasalliklarini yuqtirib olaman, to’satdan o’lib qolaman degan vahima ko’ngliga tugilib qoladi. Ko’ngilga tugilib qolgan vahimalar ko’pincha “Himoya ” xarakteriga ega bo’lgan ish harakatlar bilan birga davom etib boradi, masalan bemor o’ziga kasal yuqtirib olmasligi uchun, hadeb kuniga bir necha o’n marotalab qo’llarini yuvaveradi, shuningdek bemorlar o’zlari istamagan holda har xil xatti-harakatlarni qilaveradi. Masalan, qo’llarini bir-biriga ishqalab, boshini uyoq- buyoqqa buraveradi.
Isteriya psixikada, sezgi va harakat sferalarida ro’y beradigan qaytar o’zgarishlar bo’lib, odatda ruhiy shikastlanish natijasida yuzaga keladi. Isteriyaning ko’rinishlaridan biri isteriya tutqanog’idir, buni ipilipsiya tutqanog’idan farq qilish muhim. Isteriya tutqanog’i psixikaga ozor berib, uni shikastlaydigan biror vaj natijasida to’satdan tutib qoladi. Tutqanoq tutishi, shiddatli harakat reaksiyasi boshlanishi bilan xarakterlanadi- bemorlar yerga yotib olib, gir-gir aylanadi, sochlarini yuladi, kamalakdek bukilib oladi, dod solib baqiradi, harakatlari tabiatan suniy yasama bo’ladi.
Ipelipsiyadan farq qilib, isteriyada kasallar o’zini yerga tashlaganida badani lat yemaydi, tonik va klonik talvasalar fazasida ixtiyordan tashqari siyib qo’yish, tilni tishlab olish hodisalari bo’lmaydi. Isteriya tutib qolganida bemorni boshqalardan ajratib qo’yish zarur toki xonada bir-ikki kishi qoladigan bo’lsin. Bemor atrofidagi sharoit tinch bo’lishi, odamlar yugur- yugur qilmasligi, xavotirlikka tushmasligi va bemorga qo’shilib hamdardlik qilmasligi kerak. Tutqanoq hozir bosilib qoladi deb qattiq ovoz bilan bir necha marta takrorlash mumkin. Odam to’plaganida tutqanoq, odatda kuchayadi va cho’zlib ketadi. Kuchli tashqi ta’surot-og’riq, sovuq ta’suroti (sovuq suv), qattiq ovoz tufayli tutqanoq to’satdan bosilib qolishi mumkin. Tutqanoq bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etadi. Tutqanoq cho’zilib ketaganida 1 ml 2,5% li aminazin eritmasini unga 1 ml kordiamin va 1 ml demedrol qo’shib yoki 2 ml (10 ml) diazepan (seduksen) ni muskullar orasiga yuborish mumkin. EPILEPSIYA
Epilepsiya –har xil tutqanoqlar va shaxsning o’ziga xos bir tarzda o’zgarib qolishi (odamning bachkana, shilqim, yovuz bo’lib qolishi) bilan o’tadigan kasallik. Epilepsiyaning hammadan ko’p uchraydigan ko’rinishi katta talvasa tutqanog’idir. Tutqanoq tonik fazadan boshlanadi-bemor o’zidan ketib, tonik talvasa holatiga yiqilib tushadi- muskullar tonusi keskin kuchyagan, boshi orqasiga tortib ketgan, jag’lari qisilib qolgan bo’ladi. Bu faza 20-30 sekund davom etadi, so’ngra klonik fazaga o’tadi. Ustma- ust tutib turadigan ana shunday tutqanoqlar paytida odatdagi epileptik tutqanoqga qarshi o’laroq darrov tutqanoqlarni bartaraf etish kerak bo’ladi. buning uchun venaga yoki muskullar orasiga 2-6 ml 0,5% li diazepam (seduksen) eritmasi yuboriladi, yo bo’lmasa 50-100 ml 3-6% li xlor-gidrat eritmasi klizma qilinadi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling