Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

Oldini olish va davolash. O’tkir kolitning oldini olish shaxsiy gigiyena 

qoidalariga  rioya  qilishdan  iborat.  Oziq-ovqatni  sanitariya  qoidalariga  rioya 

qilgan holda saqlash, shuningdek zaharlovchi  metallar, qo’rg’oshin va simob 

bilan  ishlashda  texnika  xavfsizligini  ta’minlash  choralarini  ko’rish  muhim 

ahamiyatga  ega.  O’rinda  yotish  bemorni  davolashning  birdan-bir  to’g’ri 




usulidir.  Basharti, bemorning kasalligi dizenteriya deb gumon qilinsa, darhol 

boshqa bemordan ajratish (izolyatsiya) lozim.  

 

Antibiotiklar  (tetratiklin,  levomitsitin)  va  sulfanilamid  preparatlari 



(ftalazol,  enteroseptol)  beriladi,  parhez  buyuriladi.  Kasallikning  birinchi 

kunida  bemorga qandli issiq choy ichiriladi.  Uchinchi kundan boshlab kisel 

va  shunga  o’xshash  yengil  taomlar  beriladi.    Kasallik  protsessi  pasaygach, 

bemorga № 4  parhez stoli buyuriladi. Og’riqni yo’qotish maqsadida  qoringa 

grelka  qo’yiladi.  Kuchli  tenezmda  to’g’ri  ichakka  turli  davolash  shamlari: 

anuzol,  betiol  kabilar  qo’yiladi.  Organizm  suvsizlanib  qolsa,  venaga 

tomchilab  fiziologik  etirma  yuboriladi.    Yurak  faoliyati  susaysa,  kamfara, 

kordiamin preparatlari inyeksiya qilinadi. 

 

Xronik  kolit  yo’g’on  ichakning  yallig’lanishi  natijasida  funksiyaning 

buzilishi. 

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling