Xronik enterit ko’pincha gastrit va xronik kolit bilan birga uchraydi.
Ayni hollardagina u ingichka ichakning alohida zararlanishi ko’rinishida
namoyon bo’ladi.
Etiologiyasi va atogenezi. Etiologiyasida o’tkir enteritni qo’zg’atuvchi
sabablardan tashqari, sifatsiz ovqatlanish, ovqatda oqsil, A, V, vitaminlar
yetishmasligi ham muhim o’rin tutadi. Xronik enteritning kelib chiqishi va
kechishida me’da ahiliyasi, me’da osti bezi funksiyasining yetishmovchiligi,
ovqatni yaxshi chaynamaslik va boshqalar ma’lum ahamiyatga ega.
Belgilari. Qorinning mijg’ib og’rishi va o’rta qismining shishishi
kasallikning o’ziga xos belgisidir. Ko’richakda quldirash va chaynalish
eshitilib, ich suradi (sutkada 8-9 marta), axlat badbo’y bo’ladi. Xronik
enteritda vitaminlarning sintez qilinishi buziladi, oqsil yog’larning shimilishi
pasayadi. Kasallikning og’ir formasida organizmda tuz va suv almashinuvi
izdan chiqadi. Kaliy, kalsiy, fosfor elementlari qonda keskin kamayib ketadi.
Vitamin yetishmasligi sezilib, ba’zi endokren bezlar funksiyasi ham
o’zgaradi. Axlat bilan neytral yog’lar, yog’ kislotlari va ularning tuzlari
ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |