O’tkir enterit. Etiologiyasi va patogenezi. O’tkir enteritning etiologik
faktorlaridan biri sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini is’temol qilishdir.
Kasallikka ichakning o’tkir yuqumli kasalliklari (ich terlama, paratif),
shuningdek, zaharli moddalar (margimush, simob, yod salitsilat, ba’zi sanoat
korxonalaridan chiqadigan zaharli gazlar va hokazolar) bevosita sabab
bo’ladi. Bundan tashqari, me’da osti bezi sekretor funksiyasining
yetishmovchiligi ham kasallikning paydo bo’lishida muhim o’rin tutadi.
Kasallik aksari yoz-kuz oylarida uchraydi.
Belgilari. Kasallik to’satdan boshlanadi. Dastlab xuruj tarzida kindik
atrofida og’riq paydo bo’lib, qorin quldiraydi, ich tez-tez va suyuq keladi.
(sutkada 5-8 marta), axlat badbo’y bo’ladi, bemorning ko’ngli aynib,
qayt qiladi, ishtahasi yo’qoladi, og’zidan sassiq hid kelib, tili qurib karash
boylaydi. Sutka davomidagi siydik miqdori kamayib, konsentratsiyasi oshadi.
Puls tezlashadi, kasallikning og’ir formasida arterial bosim pasayib, kollapsga
qadar borib yetadi. Bemorning rangi oqaradi, labi qurib qoladi. Qo’l-oyog’i
sovib tortishadi, organizmda tuz miqdori kamayishi va suvsizlanishdan boldir
muskullarida og’riq paydo bo’ladi. Gavda temperaturasi ko’tarilishi mumkin.
O’tkir enterit bilan og’rigan bemorlarga o’z vaqtida davo qilinsa, ular
sog’ayib ketadi. Biroq u xronik enteritga aylanishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |