Davolash va oldini olish. O’tkir xolesistit va xolangitda, shuningdek
kasallikning xronik formasi qaytalanganda, bemor o’rinda yotishi kerak.
Jigar sohasiga grelka qo’yiladi, yiringli xolesistitda esa muz qo’yiladi.
Bemorga №5 parhez stoli buyuriladi va ko’p miqdorda mineral suv
(Essentuki, Borjomi muneral suvlari) ichish tavsiya etiladi. Xolesistit va
xolangitni yiring paydo qiluvchi bateriyalar qo’zg’atgan bo’lsa, pinetsilin va
boshqa antibiotiklar, shuningdek sulfanilamid preparatlari buyuriladi. O’tkir
va surunkali shaklida mayda abesislar paydo bo’ladi.
Belgilari. Odatda kasallikni bemor deyarli sezmaydi. Dastlabki
belgilardan biri qorinda davomli to’mtoq og’riq bo’lishidir. Kasallik aksariyat
gavda temperaturasining yuqori bo’lishi, et uvishishi, bir necha kun davom
etishi bilan kechadi. Badan sarg’aymaydi. Kasallik 2-3 sm kattalashganligi
kuzatiladi. Ko’pincha og’riq nuqtalari bo’yin va ko’krak atrofida bo’ladi.
Kasallikning o’tkir formasida leykositlar ko’payishi va ROE tezlashishi, bu
hol uzoq davom etishi tufayli anemiya paydo bo’lishi mumkin. Oldini olish
va davolash xronik xolilesistitdagi kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |