Ichki kasalliklar


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/125
Sana14.11.2021
Hajmi0.6 Mb.
#174461
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125
Bog'liq
ichki kasalliklar

 

Belgilari.  O’pka  absessining  klinik  ko’rinishi  ikki  davrga  bo’linadi: 

birinchi  davrda  o’pka  to’qimasi  irib,  bronxga  ochilguncha  kasallikning 

kechishi  davom  etadi.  Birinchi  davrda  qisqa  bo’lishi  yoki  o’n  kungacha 

cho’zilishi  mumkin. Bu davrning doimiy belgilaridan biri gavda haroratining 

ko’tarilib,  ko’p  terlashidir.  Bemor  yo’taladi,  biqini  og’riydi,  umumiy  ahvoli 

og’irlashadi.  

 

Qon tekshirilganda neytrofil leykositlar ko’paygani qayt qilinadi. (1mm 3 



da  180000  leykosit),  ECHT  tezlashadi.  Bemor  obyektiv  tekshirilganda 


ko’krak  qafasining  zararlangan  tomoni  nafas  olganda  orqada  qolishi 

kuzatiladi.  

 

Auskultatsiya  va  perkussiya  qilinganda  aytarli  o’zgarish  kuzatilmaydi. 



Faqat  o’pkaning  zararlangan  qismida    o’tmas  tovush  eshitiladi,  shuningdek, 

bronxial  nafas    va  oz  miqdorda  mayda,  ba’zan  quruq  xirillash  eshitiladi. 

Balg’am esa shilimshiq yiringli bo’lib, qo’lansa hidli bo’lmaydi. Miqdori ham 

kam bo’ladi.  

 

Ikkinchi davrda kuchli yo’tal paydo bo’lib, bemor ko’p balg’am tashlaydi 



(bir kunda 50-100ml, hatto 1-2 litrga yetadi). Balg’am hajmi quyuq, yiringli, 

xira  yashil  yoki  qon  aralash  bo’ladi.  Ba’zi  hollarda  badbo’y  bo’lib,  bu  hol 

absessning gangrenasiga aylanishidan darak beradi. Balg’am turib qolsa, ikki 

qatlamga ajratiladi. Pastki qatlam bir xil gomogen yiringli, jigarrang yoki ko’k 

rangda bo’ladi, yuqori qatlami esa suyuq bo’lib, shilimshiq ko’pik tarkibidan 

iborat.  Mikroskopda  tekshirilganda  ko’p  miqdorda  leykositlar,  eritrositlar, 

bronxial  epeteliylar,  yog’  tomchilari,  xolesterin  kristallari  va  har  xil 

bakteriyalarni uchratish mumkin.  

 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling