Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Єoldiq qiymati
Boshlang‘ich qiymati – asosiy fondni sotib olish qiymati, uni tashish,
o‘rnatish, montaj, ishlatish uchun ishchilarni o‘qitish harajati, boj harajatlar va ЄЄS (qo‘shimcha qiymat solig‘i) yig‘indisi. Tiklash qiymati – boshlang‘ich qiymati qayta baholash hisobi bilan va kengaytirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish uchun ketgan harajatlar yig‘indisi. Єoldiq qiymati – boshlang‘ich qiymatidan amortizatsiya jamg‘armasini ajratib tashlangandan qolgan qismi. Asosiy fondlarni ishlatishda uni eskirishi ko‘rsatkichi ishlatiladi. Bu ko‘rsatkich asosiy fondlarni biror bir davrida tovarlarga o‘tkazilgan iste’mol qiymati bilan belgilanadi. Asosiy fondlarni eskirishi ikki xil tarzda bo‘lishi mumkin. Birinchidan, jismoniy eskirish, ularni texnik ishlatilish xususiyatini ishlab chiqarish jarayonida yoki tabiiy shart-sharoitlar natijasida yo‘qolishi, yemirilishi natijasida ro‘y beradi. Ikkinchidan, ruhan eskirish, ya’ni imlmiy-texnik taraqqiyot natijasida ishlatilayotgan asosiy fondlarga nisbatan qudratliroq, unumdorliroq yangi mehnat qurollarini yaratilishi natijasida eskilarini ishdan chiqarilishi tushuniladi. Amaliyotda asosiy fondlarni jismoniy eskirish darajasi amortizatsiya ko‘chirmasi miqdori bilan belgilanadi. Asosiy fondlarning amortizatsiya ko‘chirmasi – bu xususiy asosiy fondlarning eskirish qiymatining puldagi ifodasidir. Amortizatsiya pul shaklida to‘planib boriladi va asosiy fondalrni yangilash, kapital ta’mirlash uchun ishlatiladi. Asosiy fondlarni joriy va kapital ta’mirlash davrida va ishlatilmay turgan davrida amortizatsiya ko‘chirmalari amalga oshirilmaydi. Amortizatsiya faqat xususiy asosiy fondlardan ko‘chiriladi. Asosiy fondlarni amortizatsiya qiymati (summasi) muomala (davr) harajatlar tarkibiga kiritiladi. Amortizatsiya ko‘chirmasi har oyda, belgilangan yillik normalar orqali www.sies.uz Page 109 of 356 110 amalga oshiriladi. Iqtisodiy asoslangan normalar asosiy fondlarni ma’naviy va jismoniy eskirishini qoplashni ta’minlashi zarur. Amortizatsiya normalari asosiy fondlarning boshlang‘ich (balans qiymati) qiymatiga nisbatan foiz miqdorida belgilanadi. Asosiy fondlarni eskirishini qisman tiklash ularni joriy ta’mirlash muomala (davr) harajatlari tarkibida, kapital ta’mirlash amortizatsiya fondida o‘z aksini topadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish jarayonida uning qiymati quyidagicha o‘zgarib boradi: Boshlang‘ich eskirish qoldiq eskirish qiymati - qiymati, ya’ni = qiymati - qiymati = amortizatsiya qoldiq eskirish = qiymati - qiymati = - - - - «P» yil - yangilanishi Mehnat qurollarining boshlang‘ich qiymati joriy baholarda hisob-kitob qilinadi. Shu sababli asosiy fondlarni tiklanish qiymati hisoblanadi. Boshlang‘ich qiymati x J rt + kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish harajatalri = tiklanish qiymati. Bu yerda: J rt – baho va tariflar indeksi Tiklanish qiymati asosiy fondlarni qayta baholash to‘g‘risidagi hukumat qarorlari asosida belgilanadi. Asosiy fondlarni ishlatish jarayonidan kelib chiqib, ularni iste’mol qilingan va iste’mol qilinmagan qismlarga ajratish mumkin. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling