Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Bir vaqtlar tuz pul rolini o‘ynagan
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
Bir vaqtlar tuz pul rolini o‘ynagan. qaysi qabilani tuzi bo‘lsa, o‘shalar
bilan barcha qolganlar mahsulotini ayriboshlashga qiziqqan. Savdoni rivojlanishida tilni bilish katta ahamiyat tutganligi sababli qadimda bir – birini tilini bilmaganlar uchun, so‘zlashmay mahsulot almashtirish vujudga kelgan. Boshqa yurt yoki eldan kelganlar mahsulotini dengiz bo‘yiga qo‘yib uzoqda kutgan, yerliklar keyin kelib mahsulot yoniga oltin qo‘yib ketib, qarab turishgan, agar ma’qul bo‘lsa, mahsulotni qoldirib, oltinni olib ketgan yoki yana yuqoridagi jarayonida biz tashqi savdoni birlamchi bo‘lib, vujudga kelishini ko‘ramiz. Bunga o‘rta asrlardagi arablarning karvon savdosi tipik misol bo‘lishi mumkin (Buyuk ipak yo‘li, birjalar). Birjalarni olsak, tarixdan pul, tovar, fond birjalari vujudga kelgan. Birja deganda doimiy ishlab turuvchi (har kuni), o‘xshash turlar bo‘lgan tovarlar bozoriga tushuniladi. Tovarlar birligi keltirilmaydi, ularni etaloni namoyish qilinadi. Masalan XVII asr Amsterdam aksiya birjasi, Liverpul paxta birjasi, Lipseg kitob birjasi, Praga shakar birjasi, Praga shakar birjasi Nyu – York kerosin, paxta, ko‘mir, temir birjalari. www.sies.uz Page 38 of 356 39 Shunday qilib, savdo tarixdan ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar aloqalarini qondirishga katta hissa qo‘shgan. Ular yo‘l aloqalarini takomillashtirish va pul – kredit munosabatlarini rivojlantirishga ham o‘z hissasini qo‘shgan. Yuqorida keltirilgan misollardan kelib chiqsak, ichki va tashqi savdo rivojlanishi jarayonida birlamchi o‘rin ulgurji savdoga taaluqli. Ikkilamchi bo‘lib chakana savdo boshlangan. Savdoga qanday ta’rif berish mumkin? Buning uchun savdoning qanday xususiyatlari borligini aniqlab olish kerak. Savdoning xususiyatlari: 1. savdo – bu tovar ayriboshlash, oldi – sotdini shakli; 2. savdo – bu tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan shaxsiy iste’molchilarga yetkazish; 3. savdo – bu tovarlarni qishloqdan – qishloqqa, shahardan – shaharga, hududdan – hududga, davlatdan – davlatga yetkazib berish jarayonidir; 4. savdo – sotuvchi bilan sotib oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir; 5. savdo – iqtisodiyotning (xalq xo‘jaligining) xo‘jalik yurituvchi sub’ekti, tarmog‘i; 6. savdo – bozor elementlari (taklif, talab va baho) namoyon bo‘ladigan jarayon. 7. savdo – xizmatning alohida turi bo‘lib u bir tomondan ishlab chiqaruvchilarga xizmat qiladi, ikkinchi tomondan iste’molchilarga, uchunchi Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling