Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Savdoning mohiyati va uning bozor iqtisodiyoti sharoitida ahamiyati
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
2.2. Savdoning mohiyati va uning bozor iqtisodiyoti sharoitida ahamiyati.
2.2.1. Savdoning mohiyati, funksiyalari. 2.2.2.Savdoning ijtimoiy shakllari, tashkiliy iqtisodiy tasnifi. 2.2.3.Savdoni iqtisodiyotda tutgan o‘rni. 2.2.4. Shaxsiy iste’molni qondirishda savdoning ahamiyati. 2.2.1. Savdoning mohiyati, funksiyalari. Savdoning kelib chiqishi ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida tovar ishlab chiqarishni va tovar muomalasi, ayriboshlashni vujudga kelishi bilan bog‘liq. Tarixan savdoni foyda olish maqsadida moddiy boyliklarni qayta s ,otish uchun sotib olish deb tushunilgan. Savdo jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin: P – T - P 1 … T – P 1 … Savdoni tovar ayriboshlashni shakli (formasi) nuqtai nazardan qaralsa, savdoning vazifasi makon va zamon jihatidan bir – biridan ajralib turgan ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi aloqani bog‘lashdan iborat bo‘lgan. Savdo mustaqil ijtimoiy – iqtisodiy funksiya bajarib, boshqa iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik tarmoqlari qatori uning faoliyatida ham www.sies.uz Page 37 of 356 38 mulkdor (mulk egasi), yollangan xizmatchilar, mehnat, tadbirkorlik, foyda kabilar o‘z aksini tarixan topgan. Savdo ishlab chiqarishning biridan ikkinchisiga, ikkinchisidan uchinchisiga va ishlab chiqaruvchi qo‘lidan iste’molchi qo‘liga mahsulotlarni yetkazish vazifasini bajargan. Savdo jarayonida mahsulotlar tovarga aylanadi. Chunki tovar sotish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlardir. Mahsulot biron – bir ehtiyojni qondirmasa, ya’ni uni iste’mol qiymati zaruriyat topmasa, uning qiymati qoplanmaydi va uni ishlab chiqaruvchi inqirozga uchrashi ehtimoldan uzoq bo‘lmaydi. Savdoni shakllanishi insoniyat taraqqiyoti tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Ibtidoiy jamiyatda alohida qabilalar ehtiyojidan kelib chiqib mahsulotlari bilan ayriboshlashgan. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling