Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc
Tadbirkorning mas’uliyati
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning
- Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari
Tadbirkorning mas’uliyati Soliq va kredit majburiyatlarining, tuzilgan bitimlarning ijrosi, boshqa sub’ektlarning mulkiy huquqlarini buzganligi, bexatar mehnat sharoitlariga rioya etmasligi, yetkazib berganligi, atrof–muhitga zarar yetkazganligi, yakkahokimlikka qarshi qonunlarni buzganligi uchun, tadbirkor o‘z mol – mulki doirasida amaldagi qonunlarga muvofiq javobgar bo‘ladi. Xo‘jalik shartnomasi tushunchasi Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatlarini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning xaqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuv xo‘jalik shartnomasi deyiladi. Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: v xo‘jalik shartnomalarining tuzishning erkinligi; v taraflarning o‘zaro manfaatdorligi; v shartnoma intizomiga rioya etish; v taraflarning o‘zaro mulkiy javobgarligi. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari quyidagilar kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi: www.sies.uz Page 52 of 356 53 v mulk shaklidan qat’iy nazar, ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘ladigan xodimlarning o‘rtacha yillik soni o‘n kishigacha, savdo, xizmat ko‘rsatish va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida – besh kishigacha bo‘lgan mikrofirmalar; v mulk shaklidan qat’iy nazar, sanoat sohasida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni qirq kishigacha, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida – yigirma kishigacha, fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, chakana savdo va noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida – o‘n kishigacha bo‘lgan kichik korxonalar. Ishlovchilarning belgilab qo‘yilgan sonini hisobot davrida oshirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda shartlarda yo‘l qo‘yiladi. O‘zining yoki boshqa shaxslarning jalb etilgan mol – mulki asosida, o‘z mehnati yoki yollangan mehnatni qo‘llanish vositasida, tavakkal qilib, va mulkiy javobgarlikni zimmasiga olib, tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishga, foyda oshirayotgan yuridik shaxslar xususiy tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadilar. Yuridik shaxsni tuzmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslar ham kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadilar. Tadbirkorlikning iqtisodiy asoslarini bozor iqtisodiyotining xususiyatlaridan izlash kerak. Birinchidan, xususiy mulkni vujudga kelishi. Mulkdorni huquqlari: 1. O‘zlashtirish 2. Egalik qilish 3. Boshqarish 4. Foydalanish Xususiy mulkchilik iqtisodiy fikrlashda erkinlikni vujudga keltiradi, tadbirkorlik ruhini rivojlantiradi, raqobatga olib keladi. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti prinsiplari (qoidalari)ni hayotga tadbiq etilishi. Ushbu qoidalar quyidagilardan iborat: www.sies.uz Page 53 of 356 54 1. Biznes, tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy, xo‘jalik erkinligi. 2. Davlat tomonidan tartibga solish. 3. Iste’mol primati. 4. Bahoni bozorda shakllanishi 5. Muammolarni shartnoma (kontrakt) asosida bo‘lishi 6. Iqtisodiyotni ochiqligi. 7. Raqobat. 8. Moliya va pul muomalasi ta’siri ostida ishlash. 9. Bozorni umumiyligi. Uchunchidan, ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni jamiyatdagi harakati (qiymat qonuni, talab va taklif qonuni va boshqalar). Bu qonunlarning talablari tadbirkorlikni rivojlanishiga iqtisodiy shart – sharoitlar yaratadi. To‘rtinchidan, tadbirkorlikni tartibga solish mexanizmi. Tadbirkorlik davlat tomonidan quyidagi yo‘nalishlar orqali tartibga solinadi: v soliq, moliya – kredit tizimi (soliq hajmi, kredit %), v soliq imtiyozi; v bahoni shakllantirish qoidasi; v maqsadli dotatsiya; v iqtisodiy sanksiyalar miqdori; v davlat narsalari (imushestva) sotish predmetlari; v davlat rezervlari; v litsenziya; v ijtimoiy, ekalogik normalar, normativlar; v ilmiy – texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, respublikaviy va xududiy dasturlar, (tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha); v davlat ehtiyojlarini qondirish uchun shartnomalar tuzish. 3.3. Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash yo‘nalishlari. www.sies.uz Page 54 of 356 55 Tadbirkorlikni kafolatlari va davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Kichik va xususiy tadbirkorlikni kafolatlari va davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashni yo‘nalishlarini quyida keltiramiz. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling